Toşkent xalqaro aeroportida Dubaydan kelgan yölovçining yukidan deklaratsiyada körsatilmagan, qiymati 1,293 mlrd sömlik zargarlik buyumlari va oltin quymalari aniqlandi. Bu haqda «Toşkent-Aero» ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.
Bojxona nazorati vaqtida fuqaroning yuki orasidan sof oğirligi 921,37 gramm bölgan 141 dona zargarlik buyumi hamda uçta oltin quymasi topilgan.
Ekspertiza xulosasiga köra, aniqlangan zargarlik buyumlari va oltin quymalarining umumiy qiymati 1 mlrd 293 mln sömni taşkil etgan.
Şuningdek, yuklar orasidan aksiz markalari bölmagan 120 quti tamaki va 90 dona nikotinli snyus mahsuloti ham aniqlangan.


Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.









