Jizzax şahri hokimining moliya-iqtisod va kambağallikni qisqartiriş böyiça birinçi örinbosari vazifasini vaqtinça bajaruvçi mansabdor tenderni olib beriş uçun tadbirkordan 2000 AQŞ dollari olayotgan payti qölga olingan.
Jizzax şahar hokimligi axborot xizmatining aniqlik kiritişiça, pora bilan uşlangan mansabdor şaxs ijtimoiy tarmoqlarda aytilganidek şahar hokimining birinçi örinbosari emas, kadrlar yetişmovçiligi sababli Jizzax şahar moliya boşqarmasi boşliği Oybek Nurmatov vaqtinça şahar hokimining birinçi örinbosari vazifasini vaqtinça bajaruvçi sifatida tayinlangan.
Ma'lum qilinişiça, Oybek Nurmatov joriy yilning 6 may kuni soat 20:00larda Jizzax şahri Jizzaxlik mahallasida 2000 AQŞ dollarini özi boşqaruvidagi Gentra yukxonasiga taşlab qöygan holda olgan vaqtda tezkor tadbir iştirokçilari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Tadbirkorga olib berilişi va'da qilingan tender Jizzax şahridagi ijtimoiy soha obektlarida amalga oşiriladigan quriliş-ta'mirlaş işlari böyiça ötkazilişi rejalaştirilgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyati hokim örinbosari Akrom Rahmonqulovning qarindoşlari bir neça yuz milliardlik davlat buyurtmalarini qölga kiritgani jamoatçilikka ma'lum bölgandi.
Keyinçalik, prezident Jizzaxda quriliş sohasidagi mojarolar ortidan Jizzax viloyati hokim örinbosari Akrom Rahmonqulovni siyosatga xiyonatda ayblagan va keyinroq u işdan olingandi. Şundan söng, Jizzax viloyati hokimining sobiq örinbosariga nisbatan jinoyat işi ham qözğatilgandi.









