Jizzax viloyat hokimligi “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmaçiligidagi qurilish obektlarida korrupsion xatti-harakatlar va manfaatlar töqnaşuvi holatlari böyiça jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Aksilkorrupsiya agentligi xabar bermoqda.

Mazkur holat böyiça Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, Hisob palatasi va tegişli idoralar tomonidan olib borilgan örganişlar natijasiga köra, davlat xaridlari jarayonlarining amalga oşirilişida affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjudligi, bunga tegişli mansabdor şaxslar tomonidan qonuniy munosabat bildirilmagani, tanlov hujjatlarini soxtalaştirganlik kabi holatlar aniqlandi.

Bundan taşqari, ğolib deb topilgan “Qurilish ta’minoti” köp tarmoqli işlab çiqariş korxonasi mansabdor şaxslari tomonidan tanlovda noqonuniy ğoliblikni qölga kiritiş maqsadida korxona moliyaviy körsatkiçlari, işçi xodimlarning qurilish sohasidagi ma’lumoti va iş tajribasi, şuningdek, tanlovda yuqori ball olişda inobatga olinadigan boşqa ma’lumotlar qasddan oşirib körsatilgan.

Buning natijasida, “Qurilish ta’minoti” köp tarmoqli işlab çiqariş korxonasi tomonidan ma’muriy bino qurilişida bajarilmagan 905 mln sömlik qismi yoki obekt umumiy qiymatining 8 foiz qurilish işlari hujjatlarida qöşib yozib, davlat budjeti mablağlari talon-toroj qilingani ma’lum bölgan.

Agentlikning xabar berişiça, taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan tegişli mansabdor şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a” bandi va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) 2-qismi “a” bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.

Eslatib ötamiz, prezident Jizzaxda qurilish sohasidagi mojarolar ortidan Jizzax viloyati hokim örinbosari Akrom Rahmonqulovni siyosatga xiyonatda ayblagan va keyinroq u işdan olingandi.