Bu prezidentning 27-avgustdagi PF–175-son farmonida belgilandi. Hujjat 28-avgustdan kuchga kirdi.
Farmonga muvofiq, «Ikkinchi imkon» iqtisodiy amnistiyasi 2026-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi va kichik hamda oʻrta tadbirkorlik subyektlarini qamrab oladi.
Unga koʻra, iqtisodiy amnistiya eʼlon qilinguniga qadar yuzaga kelgan soliq qarzi, penyani hisobga olmagan holda, 2026-yil 31-dekabrga qadar toʻliq toʻlansa, ushbu qarzdorlik boʻyicha hisoblangan penya hisobdan chiqariladi. Shuningdek, qarz bilan bogʻliq ijro ishlari tugatiladi.
Mazkur tartibdan foydalanish uchun tadbirkorlik subyektida 2027-yil 1-yanvar holatiga penyadan tashqari soliq qarzi qolmagan boʻlishi kerak.
Shuningdek, tadbirkor avval taqdim etgan soliq hisobotlariga mustaqil ravishda tuzatish kiritib, qoʻshimcha hisoblangan soliq summasini 2026-yil oxirigacha toʻliq toʻlasa, ushbu summaga nisbatan penya hisoblanmaydi.
Iqtisodiy amnistiya doirasida xatolarini mustaqil bartaraf etgan tadbirkorlarning Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi ballari ham pasaytirilmaydi.
Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvarga qadar shakllangan ayrim qarzdorliklar hisobdan chiqariladi. Ular orasida soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun qoʻllangan maʼmuriy jarimalarning toʻlanmagan qismi ham bor.
Tadbirkorlarga soliq qarzlarini penyasiz yopish imkoni berildi
12:031 8922 min
Oʻzbekistonda kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun «Ikkinchi imkon» iqtisodiy amnistiyasi eʼlon qilindi. Unga koʻra, tadbirkorlar avval yuzaga kelgan soliq qarzini 2026-yil oxirigacha toʻliq toʻlasa, ushbu qarz boʻyicha hisoblangan penyalar hisobdan chiqariladi.







