Xabarga köra, yoğingarçilik tufayli ayrim hududlarda yomğir suvlari töplanişi va joylarni suv bosişi ehtimoli ham bor.
Sel-suv toşqini xavfi quyidagi hududlarda kutilmoqda:
Qaşqadaryo viloyati: Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi va Ğuzor tumanlari.
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon va Muzrabot tumanlari.
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy va Iştixon tumanlari.
Navoiy viloyati: Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari.
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş va Yangiobod tumanlari.
Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq va Yuqori Çirçiq tumanlari, şuningdek, Angren va Olmaliq şaharlari.
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan va Yangiqörğon tumanlari.
Farğona viloyati: Söx, Farğona va Beşariq tumanlari hamda Şohimardon hududi.
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod va Marhamat tumanlari, şuningdek, Xonobod şahri.
Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçilar, dam oluvçilar hamda uşbu hududlarda harakatlanuvçi haydovçilar ehtiyotkorlik çoralarini körişga çaqirildi.
Ogohlantirişda sel-suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkinligi qayd etilgan. Ayrim joylarda esa yomğir suvlarining töplanişi mahalliy suv bosiş holatlariga sabab bölişi mumkin.












