Germaniyaning Hamburg şahrida AIBA şafeligi ostida boks böyiça Jahon çempionati davom etmoqda.

Bugun ringga çiqişi kutilayotgan 5 nafar özbekistonlik boksçilarning ikki nafari öz janglarini ötkazib ulgurdi. 

Dastlab, 56 kilogrammgaça bölgan vaznda iştirok etayotgan Murodjon Ahmadaliyev qozoğistonlik Qayrat Yeraliyevga qarşi jang ötkazdi va 1:4 hisobida yutqazdi. 

64 kilogrammgaça bölgan vaznda Özbekiston şarafini himoya qiladigan Iqboljon Xoldorov kolumbiyalik Jon Guterres bilan kuç sinaşdi. 20 yoşli Iqboljon raqibiga heç qanday imkoniyat qoldirmadi. U jang davomida töliq ustunlikka erişdi va ğalabani rasmiylaştirdi — 5:0 (30:27, 30:27, 30:26, 30:26, 30:25).

Şu tariqa, Xoldorov jahon çempionatining çorak finaliga yöl oldi.

Bugun yana 3 nafar özbekistonlik boksçilar kuç sinaşadi.