Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro 24-sentabr kuni Eronga (3:1) qarşi örtoqlik öyinidan söng matbuot anjumanida iştirok etib, öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
«Öyin oson bölmadi. Bu öyinga tayyorgarlik köriş uçun bizda 3 kun vaqt bor edi. Şunga qaramay, futbolçilar bilan köp şuğullandik, öyinning dastlabki 20 daqiqasi muhimligini suhbatlaşdik. Jamoaviy öyin bilan yaxşi natijaga erişa olişimizni tuşuntirdim. Ğalaba yoki mağlubiyat böladimi, birdamlik bilan harakat qilişimiz kerakligini taʼkidladim».
«Eron bizga asosan standart vaziyatlarda xavf tuğdirişi mumkinligini bilardik. Futbolçilarim yaxşi öyin körsatdi. Yigitlar bilan faxrlanaman. Bu natijani tezroq unutib, keyingi öyinlar haqida öylaşimiz kerak».
«Darvozabon Abduvohid Neʼmatovning jarohati? Tarkibdagi barça futbolçilarga işonaman. Keça Neʼmatov jarohat oldi va Eronga qarşi öynamasligi maʼlum böldi. Ammo qolgan futbolçilarga işonçim komil edi. Vladimir Nazarovning Osiyo Çempionlar ligasida öyinlarini körgandik va uni maydonga tuşirişga qaror qildik. Yiğinga kim çaqirilgan bölsa, barçasi tayyor holatda kelgan. Avval ham aytganimdek, milliy jamoaning eşiklari barça uçun oçiq. Avvalgi yiğinlarda kimlarning mehnati, saralaşdagi yordami uçun «bonus» bergan bölsak, endi bunday imtiyozlar bölmaydi. Kim milliy jamoaga munosib va tayyor bölsa, şuni çaqiramiz. Bizni oldinda Osiyo kubogi kutib turibdi. Turnirga munosib tayyorgarlik köriş uçun bir oy vaqt vaqtimiz böladi. Öşa yiğinga yigitlar tayyor holatda keladi degan umiddaman».
«Eronga qarşi bahsda menga yoqmagan jihatlar ham böldimi? Uşbu bahsda köplab ijobiy jihatlarni kördik. Ammo boş murabbiy sifatida yanada yaxşilaş imkoniyatlarini izlayman. Eron bizning xatolarimizdan foydalana olmagan bölişi mumkin. Lekin boşqa raqiblar buni aslo keçirmaydi. Ayniqsa, markaziy yarimhimoyaçilardan jamoaviy öyin körsatişni söradim. Şuningdek, jarima maydonimiz atrofida qoida buzilmasligini talab qildim. Ammo baribir bu borada xato qildik va golni ham şu tariqa ötkazib yubordik. Öylaymanki, biz yanada yaxşilaş mumkin bölgan jihatlar bor».
Eslatib ötamiz, Özbekiston milliy jamoasi Farğonada Eronni 3:1 hisobida mağlub etdi. Gollar Eldor Şomurodov (2) va Husayn Norçayev hisobiga yozildi.
Milliy jamoa FIFA kunlarida yana 2 ta örtoqlik öyinini ötkazadi: 1-oktabr kuni Toşkentda Suriyaga qarşi va 6-oktabr kuni safarda Janubiy Koreyaga qarşi.









