Özbekistonda farzandi xususiy maktabda öqiydigan ota-onalar uçun soliq olinmaydigan daromad çegarasi 3 milliondan 6 million sömga oşiriladi. Bu haqda 30-sentabr kuni Şavkat Mirziyoyevning ustoz va murabbiylar bilan uçraşuvida maʼlum qilindi.
Davlat rahbari bu oilalarga yiliga 6-7 million söm tejaş imkonini berişini qayd etgan.
Soliq idoralari tölovlarni har oy yakunida avtomatik qaytariş tizimini yölga qöyadi.
Yiğilişda qayd etilişiça, 2026-yil 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi. Bu ötgan yilgiga nisbatan 10 foiz köp. 2030-yilga borib ularning soni 1 millionga yetişi kutilmoqda. Har yili investitsiya dasturlari hisobidan 180−200 ming öquvçi örni yaratilmoqda.
Prezident öquv yuklamasi yuqori bölgan 52 ta tumanda xususiy maktablar oçişni qöllab-quvvatlaşning yangi moliyaviy mexanizmlarini eʼlon qildi.
Uşbu hududlarda maktab taşkil etiş uçun 7 yillik 10 foizli imtiyozli kredit, oçiş va jihozlaş xarajatining 15 foizigaça, köpi bilan 1,5 milliard söm subsidiya beriladi. Binosini maktabga ijaraga berganlar yer va mulk soliğidan imtiyoz oladi.
Barça tumanlarda böş davlat binolari xususiy maktab oçiş uçun 10 yilga bepul ijaraga beriladi. Xalqaro akkreditatsiyadan ötiş xarajatining yarmi qoplanadi.











