17 aprel kuni Namangan şahridagi eng gavjum köçalardan biri – Islom Karimov şohköçasida Prezident maktabi qurilişiga ilk tamal toşi qöyiş marosimi bölib ötdi. Marosimda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov, Namangan şahri hokimi Şavkat Abdurazzoqov, viloyat xalq ta'limi boşqarmasi boşliği Vahobjon Rajabov va boşqalar iştirok etişdi.

- Maktab 2,5 gektar maydonda joylaşadi, bu yerda öqiş va sport bilan şuğullaniş uçun barça şaroitlar yaratiladi, - deydi viloyat xalq ta'limi boşqarmasi quriliş bölimi boşliği Ğolibjon Asraqulov.
Uning aytişiça, ikkita öquv korpusi, basseyn va gimnastika zali, yotoqxona va mehmonxona, futbol maydoni, voleybol-basketbol maydonçasi, plats, rekreatsion zona, gulzor va öquv-tajriba uçastkasi, parking bunyod etiladi.
Viloyat xalq ta'limi boşqarmasi boşliği örinbosari Sohibjon Ergaşevning sözlariga köra, uşbu maktabga qabul qiliş respublika ta'lim muassasalarining 4-sinf bitiruvçilari orasida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ötkaziladigan mantiqiy fikrlaş testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga köra amalga oşiriladi.
Maktab kelgusi yilning avgustida iş boşlaşi rejalaştirilgan. Birinçi öquv yilida 5-10-sinflar uçun 144 nafar öquvçi öqişga qabul qilinadi, maktabning yillik qabul kvotasi 24 nafar öquvçidan iborat bölib, bitta sinfga 12 nafardan öquvçi taqsimlanadi.

Öquv jarayoni xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda işlab çiqilgan öquv rejalari va dasturlari böyiça ingliz tilida amalga oşiriladi va «STEAM - ta'lim» (Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiya, Engineering - texnik ijodkorlik, Art - san'at, Mathematics - matematika) dasturi asosida olib boriladi.
Prezident maktabining 9-11-sinflarida ta'lim oliş öquvçilarning qiziqişlari va xususiyatlarini, ayrim fanni tanlaş va ularni örganiş darajasini inobatga olgan holda individual öquv jarayoni asosida amalga oşiriladi.








