Özbekistonda 2026-yilning yanvar–avgust oylarida turli rusumdagi 310 389 dona yengil avtomobillar işlab çiqarilgan. Milliy statistika qömitasining xabar berişiça, bu körsatkiç 2025-yilning mos davriga nisbatan 26 ming donaga oşgan.

Işlab çiqarilgan yengil avtomobillar modellar va brendlar böyiça:

  • Cobalt - 107 141 dona;

  • Damas - 55 022 dona;

  • Tracker - 29 781 dona;

  • BYD - 23 850 dona;

  • Onix - 23 498 dona;

  • KIA - 19 374 dona;

  • HAVAL - 6227 dona;

  • Chery - 5751 dona;

  • Damas Move - 1530 dona;

  • maxsus yengil avtomobillar - 38 215 dona.

Bozor qanday özgaryapti?

Özbekistonda işlab çiqarilgan har uçta maşinadan biri Cobalt bölib qolyapti. Xususan, 8 oylikda işlab çiqariş 2025-yilning mos davriga nisbatan 8128 donaga köpayib, 107 ming donadan oşdi. Ammo umumiy bozor hajmi tezroq ösgani sababli uşbu modelning uluşi deyarli özgarmagan va 34,5 foizni taşkil etgan.

Maʼlumot uçun, joriy yilning birinçi yarmida Özbekistonda 82 ming 951 dona Cobalt işlab çiqarilgan. Uşbu davrda sotuvlar hajmi 40 ming 936 dona bölgan.

Taqqoslaş uçun, ötgan yilning birinçi yarmida 73 ming 102 ta Cobalt işlab çiqarilgan, ularning 67 ming 580 tasi esa sotilgandi. Bu esa birinçi yarim yillikda Cobalt işlab çiqariş 9 ming 849 taga oşganini, biroq sotuvlar 26 ming 644 taga kamayib ketganini körsatadi. Keyingi davr uçun rasmiy raqamlar hali eʼlon qilingani yöq.

Yanvar – avgust oylarida işlab çiqarişdagi eng katta ösiş BYD modellari bilan kuzatilgan - 84,5 foiz. Şuningdek, Onix (16 foiz), Haval (17,4 foiz) va KIA (12,9 foiz) brendlarida ham sezilarli oşiş kuzatilgan.