Kun.uz bilan Nyu Yorkda suhbatlaşgan Özbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elçi Uluğbek Lapasovga köra, taşkilot şu qadar zaif bölganida Boş Assambleyaga heç kim kelmagan bölardi. Şuningdek, BMTdan bugun olamşumul natijalar kutiş noörin, çunki tuzilma hukumatlardan tepada turmaydi. Lapasov Özbekiston nomidan rezolyutsiyalarga ovoz beradi, BMTda davlat nomidan gapiradi. Biz neytralmiz, bu ham pozitsiya, uruş eʼlon qilişayotganda bizni boxabar qilişmagan-ku, uyoğiga ham heç nima kutişmasin, deydi diplomat.

BMTning yillik Boş Assambleyasi 29-sentabr kuni öz nihoyasiga yetdi. Jami aʼzo mamlakatlardan 140 dan ortiq prezident va hukumat rahbarlari kelgan. Sözga çiqqanlarning köpçiligi BMT va uning xavfsizlik kengaşidan norozi böldi, xususan, Özbekiston vakili ham. Elçi Uluğbek Lapasovga köra, Toşkent BMTni aybdor qilib körsatişdan yiroq. Sababi - Özbekistonning nazdida BMT şunçaki global maydon va suveren mamlakatlarni birlaştirib, ovozini yiğadigan tuzilma.

Şu örinda diplomat boş kotiblardan birining «BMT insoniyatni jannatga eltiş uçun emas, dözaxdan asraş uçun tuzilgan» degan gapini esladi va şu fikrga qöşilişini aytdi.

Lapasovning aytişiça, Saida Mirziyoyeva boşçiligidagi delegatsiyaning safari ança sermahsul keçgan.

«Boş kotib birinçilardan bölib Mirziyoyevani qabul qildi, öşa ikki kunda masalan, Guterriş 80 dan ortiq siyosatçi bilan körişdi. Bundan taşqari, biz bu taşrifda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohani birlaştirdik. Demografik masalada katta tadbir ötkazdik. BMTdagilar administratsiya rahbarini taniydi, Özbekistonda nimalar bölayotganini biladi», deydi elçi.

Mirziyoyeva BMTda nutq sözlarkan, davlatning pozitsiyasi haqida gapirdi, Özbekiston insoniyat tomonida ekanini aytdi. Lekin boşqa sözlovçilar singari bugungi kunning davom etayotgan uruşlarini töxtatiş haqida gapirmadi. Elçiga köra, maʼnoviy nuqtai nazardan bu çaqiriq bor. Lekin rasmiy Toşkentning pozitsiyasi - neytral. Biz özimiz tomondamiz, deydi u.

«Biz pozitsiyasiz emasmiz, BMTda pozitsiya bildirişning bir neça xil usullari bor. Umuman kelmaslik mumkin, biz doim zalda bölganmiz. Uruş eʼlon qilayotganda bizga heç kim qönğiroq qilmagan-ku, bizdan fikrimizni olmagan-ku, nega endi bizdan köp narsa kutişlari kerak? Biz pozitsiyasiz emasmiz, biz Özbekiston tomonidamiz. Mirziyoyevaning nutqida ham Özbekiston manfaati yotibdi», deydi Lapasov.

Administratsiya rahbari öz nutqida davlatning bugungi siyosati, qöşnilar bilan aloqalar, Markaziy Osiyoda tinçlik, iqlim muammolari, Afğoniston, ijtimoiy siyosat, sunʼiy intellekt haqida gapirdi. Xöş, mavzular ketma-ketligini kim tanlaydi? Özbekiston vakillari doim Afğonistonni oliy minbarlardan turib eslatadi - tematika qanday yaratildi?