Bugun, 25-sentabr kuni Samarqanddagi şaxmat olimpiadasida 9-tur bahslari ötkaziladi.
Özbekistonning asosiy jamoasi 8-turda Germaniya bilan bahsda 1,5-2,5 hisobida yutqazib qöydi.
Nemislarning asosiy şaxmatçisi Mattias Blyubaumga qarşi dona surgan Javohir Sindarov işonçli ğalabaga erişgandi. Ammo keyingi doskalardagi Şamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboyev öz partiyalarini yutqazişdi. Şamsiddin Rasmus Svanega qarşi bahsda taşabbusga egalik qilib turganida qöpol xatoga (big blunder) yöl qöydi va öyin oxirigaça yomon vaziyatdan çiqib keta olmadi. Yoqubboyev esa Frederik Svanega qarşi bahsda yurişlarga juda köp vaqt sarflab qoldi va yakunda seytnotga tuşib qolib (vaqt yetmay qoldi), taslim böldi. Holbuki Özbekiston asosiy jamoasi aʼzolari şu vaqtgaça biror partiyada yutqazmay kelayotgandi.
Birinçi doskada Nodirbek Abdusattorov qiyin vaziyatda qolganiga qaramay, Vinsent Keymer bilan durang öynadi, ammo bu umumiy natijaga taʼsir qila olmadi.
Bu turda boşqa juftliklarning ayrimlarida Özbekiston uçun kerakli hisoblar qayd etildi: ğoliblik uçun favoritlardan biri bölgan Hindiston Ozarbayjon bilan bahsda oçko yöqotdi (2:2), Armaniston va Niderlandiya bahsida ham durang natija qayd etildi. Şu bilan birga, AQŞ, Xitoy va Fransiya öz uçraşuvlarida ğalaba qozondi.
Özaro uçraşuvdagi ğalaba evaziga Germaniya oçkolar soni böyiça Özbekistonga yetib oldi (14 tadan) va faqat qöşimça körsatkiçlar evaziga ikkinçi örinda joylaşgan.
Yana sakkizta jamoa, jumladan, Özbekiston-2 jamoasi ham 13 tadan oçkoga ega.
Turnir davomida Ispaniyani mağlub etgan va Fransiya bilan durang öynagan Özbekiston-2 jamoasi 8-turda Angliyadan ustun keldi va 10-öringa kötarildi.

Inglizlarga qarşi bahsda dastlabki uçta partiya durang bilan yakunlandi: Jahongir Vohidov Maykl Adams bilan, Abdimalik Abdisalimov Gaveyn Jons bilan, Muhammadzohid Suyarov esa Lyuk Makşeyn bilan oçkolarni bölişib oldi.
Humoyun Begmuratov Daniel Fernandesni mağlub etiş orqali jamoaga muhim ğalaba keltirdi – 2,5:1,5.
Özbekiston-3 jamoasi Şveysariyaga 1:3 hisobida yutqazdi. Saidakbar Saydaliyev va Almas Rahmatullayev mos ravişda Sebastyan Bogner hamda Li Min Penga imkoniyatni boy berdi, Bahrom Bahrillayev va Muhammadali Abdurahmonov öz bahslarini durang bilan yakunladi.












