Kaspiy dengizidagi maşğulot çoğida 14 nafar harbiy çökib ketişi ortidan Qozoğiston mudofaa vaziri Dauren Kosanov işdan olindi. Prezident Qosim Jömart-Töqayev tegişli farmonni imzolagan.

«Davlat rahbarining farmoni bilan Dauren Jumatayeviç Kosanov Qozoğiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi», – deyiladi prezident saytida eʼlon qilingan xabarda.

Kosanov 2025-yil yozidan buyon Qozoğiston mudofaa vaziri lavozimida işlab kelayotgandi.

24-sentabr kuni Qozoğiston ğarbidagi Manğistau oblastida mamlakat harbiy-dengiz kuçlari maşğulotlari vaqtida Kaspiy dengizi sohilida ob-havo keskin yomonlaşib, kuçli şamol kötarilgan, natijada 17 nafar harbiyni kuçli tölqin olib ketgandi. Ulardan faqat uç nafari qutqarib qolingan, suvdan 14 kişi jasadi olib çiqilgan.

Qozoğiston Boş prokuraturasi holat yuzasidan jinoyat işi qözğatdi. Köp ötmay beş kişi – harbiy-dengiz kuçlari qömondonining birinçi örinbosari, ikkita harbiy qism komandiri, piyodalar rotasi boşliği hamda kater komandiri hibsga olindi. Ularga nisbatan xizmatga sovuqqonlik bilan munosabatda böliş oğir oqibatlarga olib kelgani hamda kemani boşqariş qoidalarining buzilişi bilan boğliq moddalar böyiça tergov olib borilmoqda. Qozoğiston içki işlar vazirligi yana hibslar bölişini istisno etmagan.