Yaman husiyçilari 19-sentabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi «nozik» obyektlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini maʼlum qildi.

Husiyçilarning bayonoti şahardagi asosiy aeroport yaqinida yonğin va tutun ustuni kuzatilganidan bir neça soat ötib eʼlon qilindi.

19-sentabrga ötar keçasi Saudiya Arabistoni hukumati husiyçilarning mamlakat hududiga hujumlari kuçayişi fonida aholini ehtimoliy zarbalar xavfi haqida ogohlantirgandi. Bu sentabr oyi örtalarida yuzaga kelgan eskalatsiya davridagi ilk şunday holat böldi.

Husiyçilar Ar-Riyoddagi aynan qaysi obyektlar nişonga olinganiga aniqlik kiritmagan. Bayonotdan maʼlum bölişiça, Saudi Aramco neft kompaniyasining Yanbu şahridagi obyektiga ham zarba berilgan. Uşbu şahar Qizil dengiz sohilida joylaşgan bölib, Saudiya neftini eksport qiluvçi asosiy markazlardan biri hisoblanadi. Husiyçilar bu zarbalar Yaman poytaxti Sanoga qilingan hujumga javob ekanini taʼkidlagan.

Öz navbatida, Saudiya Arabistoni boşçiligidagi harbiy koalitsiya havo hujumidan mudofaa kuçlari husiyçilar Ar-Riyod yönalişida uçirgan raketani urib tuşirgani, şuningdek, Saudiyaning boşqa şaharlariga qaratilgan hujumlarning oldini olganini maʼlum qilgan. Hujum oqibatlari haqida xabar berilmagan.

  • AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi fonida Saudiya Arabistoni hamdaa Yamandagi husiyçilar örtasida harbiy harakatlar qaytadan boşlandi. Tehron tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi husiyçilar iyul oyida Saudiya Arabistonini dengizdan qamal qilişini eʼlon qilgan, keyinroq saudiyaliklarning tankerlari va energetika infratuzilmalariga zarbalar berişni boşlagandi.

  • Sentabr oyiga kelib husiyçilar Bob-al-Mandab böğozi ustidan nazorat örnatdi – bu Yaqin Şarqdagi neft taşiladigan asosiy yönalişlardan biri hisoblanadi. Hörmuz tösib qöyilganidan keyin Saudiya Arabistoni neft eksportining 75 foizini şu yönalişga yönaltirgandi.

  • Iyul oyidan buyon husiyçilar Saudiya Arabistoni böylab bir neça bor zarbalar yöllagan, ammo hozirgaça mamlakat poytaxtiga hujum qilinmagandi.