Özbekistonda 1-yanvardan 2–3 yoşli farzandini oilaviy boğçaga bergan işli onalarning badal puli byudjet hisobidan qoplanadi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev öqituvçi va murabbiylar bilan uçraşuvda maʼlum qildi.

«Ayollar işli bölsa, oilaga qöşimça daromad kiradi, bolalarning bilim olişiga köproq şaroit yaratiladi», – dedi prezident.

Uçraşuvda boğça tarbiyaçilariga işlab turib oliy maʼlumot oliş imkoni yaratilgani qayd etildi. 2026-yil ularning 7 ming nafari oliygohga kirgan: haftada beş kun işlab, bir kun öqimoqda.

Kelasi öquv yilidan tarbiyaçilar uçun pedagogika oliygohlaridagi öqiş muddati tört yildan uç yilga qisqaradi. Boğçada kamida beş yil işlagan tarbiyaçi yordamçilari ham bu imkoniyatdan foydalanişi mumkin.

«Boğça bolaning qobiliyati kaşf etiladigan, zehni oçiladigan maskanga aylanişi zarur», – dedi prezident.

Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Singapur va Xitoy tajribasi asosida milliy qadriyatlarga mos dastur işlab çiqildi. 180 ming tarbiyaçi va pedagog yangi metodika böyiça öqitilmoqda.

Öyin orqali taʼlim berişga qaratilgan dastur hozir boğçalarning 30 foizida amal qiladi. Yil yakuniga qadar u 38 mingdan ortiq boğçaning barçasiga joriy etiladi.

Toşkentda UNESCO şafeligida Bolalarni erta yoşdan taʼlimga jalb qiliş mintaqaviy markazi va Italiyaning Rejjio Emiliya markazi iş boşladi. Ular xalqaro standartlar va innovatsion yeçimlarni joriy etiş, öyin orqali taʼlim böyiça amaliy qöllanmalar tayyorlaşga xizmat qiladi.

Har yili 50 nafar ilğor tarbiyaçi xorijda stajirovka ötaydi, barça boğçalar uçun 100 ta videokontent tayyorlanadi. Uç yillik dastur asosida davlat boğçalari elektron doska, kompyuter va rangli printer bilan jihozlanadi.