Prezident farmoni bilan turizm sohasini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qator imtiyozlarning amal qiliş muddatlari uzaytiriladi.

Xususan, uç, tört va beş yulduzli mehmonxonalar qurilişi uçun subsidiyalar beriş muddati 2029-yil 1-yanvarga qadar davom etadi.

Mehmonxona va boşqa joylaştiriş vositalarining mol-mulk soliği hamda yer soliği stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyentni qöllaş muddati 2030-yil 1-yanvarga qadar uzaytiriladi.

Bundan taşqari, turizm sohasi subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslarni bojxona bojidan ozod qiliş imtiyozi 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Farmonga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan Özbekiston rezidenti hisoblangan turoperatorlarning xorijiy sayyohlarga körsatgan xizmatlariga qöşilgan qiymat soliğining nol stavkasi qöllanadi.

Şu sanadan boşlab yulduzli mehmonxona qurilişi uçun subsidiya olişda mehmonxona toifasini tasdiqlaş uçun xorijiy kompaniyalarning xulosasini oliş talabi ham bekor qilinadi.

Hujjat bilan yirik miqdordagi tovar va xizmatlar uçun hisob-kitob qiliş tartibiga ham özgartiş kiritilmoqda. Qiymati bazaviy hisoblaş miqdorining 400 baravaridan oşadigan tovar va xizmatlar uçun tölovlar faqat bank kartalari yoki elektron tölov tizimlari orqali amalga oşirilişi belgilandi.

Avvalgi tartibda naqd pulsiz hisob-kitob qilinişi şart bölgan bunday tölovlar uçun çegara 25 mln söm etib belgilangan edi.