DW xabariga köra, Manğistau viloyati maʼmuriyati fojia haqida 24-sentabr kuni maʼlum qilgan.
Ob-havo şaroiti keskin yomonlaşib, şamol kuçayişi oqibatida 17 nafar harbiyni dengizga olib ketgan. Ularning uç nafari qutqarilgan, 12 nafari halok bölgan.
Hodisadan keyin tibbiyot muassasasiga yetkazilgan harbiy xizmatçining ahvoli barqaror ekani, hayotiga xavf yöqligi bildirilgan.
Qozoğiston boş vaziri örinbosari Qanat Bozumbayev hukumat komissiyasi yiğilişini ötkazgan. Içki işlar vaziri örinbosari Sanjar Adilovning maʼlum qilişiça, oğir oqibatlarga olib kelgan xizmatga sovuqqonlik bilan munosabatda böliş va kema boşqariş qoidalarini buziş holatlari yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.
Hodisaga aybdor şaxslarni aniqlaş maqsadida tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari, şuningdek, ekspertizalar ötkazilmoqda.
Rasmiylar halok bölgan harbiylarning oilalariga ijtimoiy va moddiy yordam körsatilişini maʼlum qilgan.
«Kaspiy mudofaasi - 2026» maşğulotlari 22-sentabrdan buyon ötkazilmoqda. Unda 500 nafardan ortiq harbiy, jumladan, jangovar kemalar ekipajlari va qirğoq bölinmalari iştirok etmoqda.
Maşğulotlarga Milliy xavfsizlik qömitasi Çegara xizmatining Manğistau viloyati böyiça qirğoq qöriqlaş kuçlari va vositalari, şuningdek, Qozoğiston Qurolli kuçlarining Havo mudofaasi kuçlari ham jalb qilingan. Ularning maqsadi jangovar şaylik va kuçlar örtasidagi hamkorlik darajasini oşirişdan iborat.









