Özbekiston boks federatsiyasida Vetnam respublikasi va Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida bölib ötgan boks böyiça xalqaro turnirlar yakunlariga bağişlangan matbuot anjumani taşkil etildi. Unda boks böyiça erkaklar terma jamoasi murabbiyi Rahmatjon Rözioxunov Sankt-Peterburg gubernatori kubogida Özbekistondan 3 nafar boksçi qatnaşganiga oydinlik kiritdi.

“Biz 10 nafar boksçi bilan iştirok etişimiz kerak edi. Ammo 23-30 noyabr kunlari Özbekiston Respublikasining kattalar örtasida birinçiligi bölib ötadi. Unda eng kuçlilarni saralab olişimiz kerak. Bizga 10 sportçi bilan taşrif buyuriş taklifi bölgandi. Lekin murabbiylar ştabi uç boksçini olib borişga qaror qildik. Sanjar Tursunov va Isroil Madrimov Özbekiston birinçiligida qatnaşmaydi, Peterburg kubogida yana bir oltin medalni qölga kiritgan Şunqor Abdurasulov 60 kg vazn toifasida Özbekiston çempionatida ham qatnaşadi”, - dedi terma jamoa murabbiyi.

Uning sözlariga köra, özbek çarm qölqop ustalari juda yaxşi natija körsatişgan. Xalqaro turnirda 2 ta oltin va bitta kumuş medal qölga kiritilgan. 

“Bundan taşqari, 75 kg vazn toifasida ringga kötarilgan Isroil Madrimov musobaqaning eng yaxşi sportçisi nomiga sazovor bölib, Sankt-Peterburg gubernatori kubogini ham Özbekistonga olib keldi”, - dedi Rözioxunov.