Ustozlardan eşitilgan gaplarning bir qismi öqiş va bilim olişga undaydi. Ayrim nasihatlar oddiy körinsa-da, yillar ötib ham öz ahamiyatini yöqotmagan. «Ertalab vaqtliroq turib öqişingga bor», degan gap öquvçilik davridagi oddiy tanbehlardan biri bölgan.

«Hayot har doim ham sen xohlaganingdek bölavermaydi. Şuning uçun özingning kuçing yetadigan darajada öqi».

«Beşga öqinglar, lekin beş oliş uçun hamma narsani qilişinglar şart emas. Hayotda baho vaznli emas».

«Nima bölişidan qatʼi nazar, yaxşi öqigan, harakat qilgan inson heç qaçon kam bölmaydi».

«Bugundan boşlasang ham keç emas».

Respondentlar eslagan gaplar orasida ustozlarning bilimdan taşqari, inson bölişga çaqirgan nasihatlari ham bor.

«Faqat yaxşi öqinglar... odam bölinglar, inson böliş kerak».

Universitetda dars bergan ustozlardan biri esa bölajak şifokorlarga kasbdan oldin insonlikni qöyişni uqtirgan:

«Birinçi örinda yaxşi inson bölinglar, keyin albatta yaxşi şifokor bölasizlar».

Bu kabi gaplar ustozlik faqat fan örgatiş bilan çeklanmasligini körsatadi. Ayrim ustozlarning şogirdlariga aytgan oddiy bir jumlasi ham yillar ötib ularning hayot qaraşlariga aylanişi mumkin.
Sörovnomadagi eng taʼsirli javoblardan biri esa insonning öz imkoniyatlariga işonişi haqida:

«Hayotda heç qaçon “qölingdan heç narsa kelmaydi” degan odamga işonma. Hattoki menga ham».

Ustozning şogird hayotidagi örni baʼzan aynan şunday oddiy, ammo yillar davomida unutilmaydigan sözlarda namoyon böladi. Çunki maktab yoki universitet davri tugaganidan keyin ham ayrim gaplar inson bilan birga qoladi.