Bugun, 12 dekabrdan boşlab Oliy Majlis va mahalliy kengaşlarga saylov kunida öz yaşaş joyida böliş imkoniyatiga ega bölmagan saylovçilar muddatidan oldin ovoz berişlari mumkin.

Ayni jarayonlar 12-18 dekabr kunlari Özbekistonning xorijiy mamlakatlardagi 55ta saylov uçastkasida ham bölib ötadi.

Şu kunlarda Rossiyada bölib turgan Kun.uz muxbirlari 11 dekabr kuni Moskva şahrida ijtimoiy sörov ötkazib, Özbekiston fuqarolarining mazkur siyosiy jarayonga munosabatini örgandi.

Ta'kidlaş joiz, sörovda respondentlarning aksariyatida vakillik organlariga saylovlar haqida yetarliça ma'lumot yöqligi, fuqarolik huquqlaridan foydalaniş istagi yuqori emasligi ma'lum böldi.

Eslatib ötamiz, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşlariga saylov asosan 22 dekabr, yakşanba kuni bölib ötadi.