Rasmiy statistikaga ko‘ra, bugun O‘zbekiston hududida 13,3 milliondan ortiq saylovchi fuqarolik huquqidan foydalanib, saylovda ishtirok etdi.
«Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar» shiori ostida o‘tgan jarayonda eng past davomat Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda ro‘yxatga olingan saylovchilarning rasman 60,8 foizi ovoz bergani aytilmoqda.
Kun.uz muxbiri soat 13:00 – 17:00 oralig‘ida poytaxtning bir nechta nuqtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazib, fuqarolardan saylovda qatnashgan-qatnashmagani va umuman bunga ularning munosabati bilan qiziqdi.








