22 iyul kuni Özbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vaziri Aziz Abduhakimov Yaponiyaning Özbekistondagi elçisi Fumixiko Kato bilan uçraşdi. Bu haqda vazirlikning rasmiy sayti orqali ma'lum qilindi.
Aytilişiça, uçraşuv çoğida ikki tomonlama aloqalarning kelajakdagi istiqbollari, şuningdek, özbekistonlik stajyorlarning Yaponiyada tayyorgarlik ötaşi böyiça dastur ijrosining texnik jihatlari muhokama qilindi. Xususan, Yaponiya elçisi stajyorlar malakasini oşirişga möljallangan multimedia materiallarini taqdim etdi. Ularda Yaponiyaning kundalik hayoti, yöl harakati qoidalari, diqqatga sazovor joylari, öziga xos jihatlari haqida hikoya qilingan.
Yaponiya vakili qöşimça tarğibort-taşviqot işlarining özbekistonlik mehnat muhojirlarining Yaponiya korxonalarida sifatli iş örinlarini egallaşlarida muhim ahamiyat kasb etişi haqida aytib ötdi.
Şu maqsadda qöşma işlar natijasida sayt taşkil etib, unda Özbekistonning ta'lim tizimi, öqitiş darajasi haqida ma'lumot saqlanadi. Bu özbekistonlik işçilar haqida Yaponiya korxonalari tölaqonli ma'lumotga ega bölişi hamda ular bilan hamkorlikka qiziqiş bildirişiga xizmat qiladi.
Mehnat vaziri Yaponiya elçisi bilan uçraşdi
05:28 / 26.07.20155 1822 min






