«Akademnashr» naşriyoti 2015 yil 21 — 23 sentabr kunlari Aşxobod şahrida ötkazilgan “Kitob — hamkorlik va taraqqiyot yöli” X xalqaro körgazma-yarmarka va ilmiy konferensiya doirasida taşkil etilgan tanlovda “Eng yaxşi badiiy naşr” yönalişi böyiça ğoliblikni qölga kiritib qaytdi.
Rossiya, AQŞ, Buyuk Britaniya, Avstriya, Germaniya, Turkiya, Italiya, Koreya, Eron, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Qozoğiston, Qirğiziston, Armaniston kabi mamlakatlarning 140 dan ortiq naşriyot uylari, Kembrij, Oksford, Illinoys universitetlari, Ivan Fyodorov nomidagi Moskva davlat matbaaçilik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Rossiya Fanlar akademiyasi kabi sohadagi yirik ta'lim muassalari, yirik axborot va madaniyat markazlari vakkillari, şuningdek, dunyoning taniqli adabiyotşunoslari, tarjima ustalari, olimlari, bezakçi-rassomlari, jurnalistlari iştirok etgan uşbu yirik tadbirga Özbekiston delegatsiyasi ham taşrif buyurişgan edi. Tadbir doirasida ötkazilgan tanlovda yurtimiz vakillaridan biri — «Akademnashr» naşriyoti yettita yönalişdan birida ğolib deb topildi.


— Naşriyotimiz tomonidan tanlovga taqdim etilgan kitoblarimizga hakamlar tomonidan yuqori baho berildi, — dedi «Akademnashr» naşriyoti badiiy muharriri Bahriddin Bozorov. — Ayniqsa Maxtumqulining «Asarlar» kitobi noşirçilikning eng yaxşi an'analari asosida bezatilgan kitob sifatida tanlovning “Eng yaxşi badiiy naşr” yönalişi böyiça 1-öringa loyiq topilgani bizni juda sevintirdi.
«Akademnashr» naşriyoti vakilining ma'lum qilişiça, xalqaro körgazmada namoyiş qilingan Yusuf Xos Xojibning «Qutadğu bilig» asari, Maxtumqulining «Asarlar»i, Abdulla Oripovning «Sohibqiron» dramasi, Rauf Parfining «Saylanma»si, Nazar Eşonqulning «Mendan mengaça» asari, şuningdek, olmon tilida çop etilgan Ötkir Hoşimovning «Dunyoning işlari», Ğafur Ğulomning «Şum bola» asari va «Buyuk Ipak yöli rivoyatlari» kitoblari, «Yod olamiz, şodlanamiz» ruknida bolalar uçun çop etilgan rangli şe'r kitoblar töğrisida ham tadbirga taşrif buyurgan kitobsevarlar va mutaxassislar tomonidan iliq fikrlar bildirilgan.