Özbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vaziri Aziz Abduhakimov Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining filiali rektori Qalandar Abdurahmonov bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda vazirlikning Facebook’dagi sahifasi orqali xabar qilindi.
Aytilişiça, uçraşuv çoğida rektor Aziz Abduhakimovga “Plexanov nomli RIU filialiga 20 yil” medalini hadya qilgan. Marosim yakunida ular örtasida suhbat ötkazilgan.
Suhbat çoğida mehnat vaziri iqtisodiy sohada yuqori malakali kadrlar yetiştirişda oliy ta'lim tizimining örni muhimligini ta'kidlab ötgan.
Şuningdek, vazirlik tomonidan işlab çiqilayotgan qonunçilik bazasi ekspertizasida universitet mutaxassislarining iştiroki borasida kelişuvga erişilgan.






