Özbekistonda xizmat körsatgan artist Sardor Rahimxon “Darakçi” naşriga bergan intervyusida qornida bolasi bor fil va begemotlar kabi suvenirlarga izoh berar ekan, qiziq oilaviy voqeani aytib berdi.

“Timsohlarni tomoşa qiliş uçun Tailandga borganimda, suvenir sotuvçilari bolali begemot sovğa qilgan. Bu hayvon ularda baxt ramzi ekan. Malayziyaga qilgan sayohatimda esa meni uyiga taklif qilgan inson “Farzandlaring köp bölsin”, degan maqsadda qornida bolasi bor fil hadya qilgan. Fikrlar moddiylaşadi, deyilgandek, şukur bugun baxtliman va uçta farzandning otasiman. Bilasizmi, köpçilik oilada bölgani kabi farzandlar tuğilişi muddatini rejalaştiramiz. Lekin ikkita qizimning tuğilişi orasidagi muddat ikki yil bölib qolgan. Şu sabab rafiqam özini tiklab olsin, degan maqsadda uç-tört yildan keyin uçinçi farzand körişni reja qilgandik. Kutilmaganda, Alloh yana eng aziz ne'mat berganini bilib qoldik. Işonasizmi, tinmay söraşimga qaramay, rafiqam bila turib, oxirgi daqiqalargaça öğil yo qizligini aytmagan.

Kutilmagan sovğa bölişini istagan ekan. Töğri, qiz otasiga mehribon böladi. Lekin har bir erkak kişi avlodini davom ettiradigan öğli bölişini orzu qiladi-da. Öğlim Muhammadali hozir tört oylik”,-dedi u.