2016 yil oxirlaridan Özbekistonning sayyohlik salohiyatini oşiriş mavzusi keng muhokama qilinmoqda. Şu örinda, ta'kidlaş joizki, Özbekistonda köplab arxeologik, tabiiy diqqatga sazovor joylar köp. Biroq, ularning aksariyati turli sayyohlik qöllanmalari va xaritalarda aks etmaydi yo bölmasa kam e'tibor beriladi. Kommersant.uz sayti Özbekistonning 19ta must-visit (boriş şart) maskanlarini öquvçilari e'tiboriga havola qilgan. 

1. Xöja Gur-gur ota mavzesi

Foto: Facebook/@mysteriouzb

Bu mavze Özbekistonning Surxondaryo viloyatida joylaşgan. Bu yerda köplab qiziq jihatlarga duç keliş mumkin: bu yerda ekstremallarni 500 metrlik tik qoya, çuqur kan'onlar, dinozavrlarning toşga aylangan izlari va balandligi 3700 metrga yetuvçi qoyalar kutmoqda. 

Unga Boysun tomondan ikki yöl orqali boriş mumkin: birinçisi — Olaçopon, Qayroq va Dubola qişloqlari orqali, ikkinçisi — Darband darasi orqali Maçoy, Qizil Naur va Kentala qişloqlaridan ötib boriladi. 

2. Maydanak baland toğ observatoriyasi

Foto: Facebook/@mysteriouzb

Maydanak toğli observatoriyasiga 1970 yilda Şahrisabz şahridan 45 km janubda joylaşgan Maydanak platosida asos solingan bölib, u Şimoliy yarim şardagi eng yaxşi observatoriyalardan biri hisoblanadi. Bu yerda 4ta kometa, 80dan ortiq asteroid, yangi Samarqand nomi berilgan mitti sayyora kaşf qilingan. Observatoriya joylaşgan joy şunçalik sokinki, köpçilikda tovuşli gallyutsinatsiyalar kuzatiladi. Yulduzlar juda ham yaqin köringanidan, Katta ayiq yulduzlariga qöl uzatsa yetgudek taassurot uyğotadi. 

3. Möynoqdagi kemalar qabristoni

Foto: Instaram/@otabek_mirsagatov

Ba'zan sof niyatlar ayançli oqibatlarga ham olib kelişi mumkin. Orol dengizi va uning sohilida barpo etilgan Möynoq şahri taqdirini uşbu fikrga isbot deyiş xato bölmaydi. Inson omili tufayli qaçonlardir gullab-yaşnagan mintaqa sahroga aylandi. Dengiz örnida qaqqayib turgan kemalar tabiatga qançalik jiddiy zarar yetkazilganiga namunadir.