Milliy TV «Umar ibn Xattob» tarixiy teleserialini namoyiş etişini e'lon qildi. Telekanalning Facebook’dagi sahifasida serialdan treyler joylaştirilgan bölib, «Umar ibn Xattob»! Tez kunda! Tomoşa qiling!» deya post qoldirilgan.

Qatarlik kinematograflar tomonidan suratga olingan uşbu serial 2012 yilda rejissyor Hotam Ali tomonidan suratga olingan. Filmda xalifaning 18 yoşligi — 604 yildan boşlab voqealar hikoya qilinadi. Bu vaqtgaça payğambarimiz Muhammad s.a.v.ning Allohning rasullikka kirişişiga hali 6 yil bor edi. Filmdagi voqealar 644 yilgaça — hazrati Umar r.a.ning vafotiga qadar bölgan davrni qamrab olgan.

Filmda qolgan uç xalifa Abu Bakr Siddiq, Usmon va Ali r.a.lar obrazi ham gavdalantirilgan. Islom qoidalariga muvofiq, Muhammad s.a.v. körsatilmagan.

31 qismdan iborat serialda Umar ibn Xattob rolini Samir Ismoil öynagan. Abu Bakr Siddiq rolida Hassan Mas'ud, Usmon ibn Affon rolida Samir Mazi va Ali ibn Abu Tolib rolida Ğanim Zrelli.

Qatar TV buyurtmasiga köra işlangan uşbu serialning s'yomka jarayoni Saudiya Arabistoni va Marokaşda suratga olingan.

«Milliy TV» telekanali serial namoyişi aynan qaysi kundan boşlanişi va kunning qaysi soatida körsatilişiga oydinlik kiritmagan.