8 sentabr kuni Toşkentda Milliy telekanali jamoasi tomonidan taşkil etilayotgan “O’zbegim” Milliy qadriyatlar festivali bölib ötadi.
Festival doirasida 8 tonnaga yaqin rekord palov tayyorlanadi. Palovning rekordini qayd etiş uçun Guinness World Records vakillari taklif etilgan.
Tayyor palov “Muruvvat”, “Saxovat”, qariyalar va nogironlar uylariga, şuningdek, festival mehmonlariga tadbir hududidagi 14 ta joyda tarqatiladi.
Palov tayyorlanadigan hudud sanitariya-gigiyena talablariga rioya etiş maqsadida tösib qöyiladi. Jarayon esa festival ötkaziladigan hududga örnatilgan 17 ta ekranlarda namoyiş etib boriladi. “Oş damlaş” jarayoni, şuningdek, Milliy telekanali, uning mobil ilovasi hamda Guinness World Records’ning Facebook’dagi sahifasi orqali töğridan-töğri namoyiş etiladi.
Oş tarqatiş uçun örnatiladigan qozonlar va translyatsiya uçun örnatiladigan monitorlar joyi röyxati:
1. Xalqaro keramika boği (möljal: Markaziy bank)
2. “Poytaxt” savdo markazi atrofi
3. “Aloqabank” yonida (möljal: Amir Temur xiyoboni)
4. “Bolajon” istirohat boği (möljal: Xalq banki binosining orqa tomoni)
5. “Özbekiston” Forumlar saroyi oldidagi maydon
6. “Özbekiston” mehmonxonasi oldidagi maydon
7. Temuriylar tarixi davlat muzeyi old tomonidagi maydon
8. Temuriylar tarixi davlat muzeyi orqa tomonidagi maydon
9. City Palace mehmonxonasining orqa tomoni
10. Haytt Regency Tashkent mehmonxonasi yonidagi avtoturargoh
11. Simpoziumlar saroyining orqa tomoni
12. A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydon
13. Yoşlar ijod saroyi oldidagi maydon
14. Saylgoh va Amir Temur köçalari kesişmasi
















