“Insoniyat tarixi uruşlar tarixidan iborat”, degan edi öz asarlarida atoqli adibimiz Ötkir Hoşimov. Tarixda yer yuzasida mutlaq tinçlik hukm surgan biror yil kuzatilmagan, doim qayerdadir kimdir kimgadir qarşi qurol öqtalib turgan. Ammo önlab yillar, hatto asrlab davom etgan qirğinbarot uruşlar ham borki, ularning davomiyligi kişini çuqur öyga toldiradi.
7. Vetnam uruşi (18 yil)

Yigirmançi asr ikkinçi yarmining eng qirğinbarot uruşlaridan biri 1957 yildan 1975 yilgaça davom etgan. Dastlab partizanlar uruşi tarzida keçayotgan bu janglarga 1965 yilda AQŞ ham qöşildi va Osiyoning kiçik hududi haqiqiy alanga ostida qoldi. Rasman Şimoliy va Janubiy Vetnam örtasidagi uruş tabiiyki dunyoning ikki tuzumi töqnaşuviga aylandi. Şimol boşqaruviga kommunistlarning kelişi turtki bölgan bu uruş natijasida AQŞ 58 ming askarini yöqotdi va ularning 35 mingdan ortiği 21 yoşga ham kirmagan yigitlar edi. Keyinçalik uruşdan qaytgan askarlarning 150 mingdan ortiği öz joniga qasd qildi va bu kampaniya AQŞ tarixining qonli satrlari sifatida bitildi.
Vetnamning yöqotişlari yanada dahşatli edi: 1 mln.dan ortiq askar va 2 mln.dan ortiq tinç aholi. Bundan taşqari ommaviy qirğin qurollari işlatilişi natijasida 83 ming kişi amputant, 30 ming kişi közi ojiz, 10 mingdan ortiqroği kar bölib qoldi. Keyingi avlodda ham genetik mutatsiyalar kuzatildi.
Bu harbiy harakatlar keyinçalik insoniyatga qarşi jinoyat sifatida malakalandi.
6. Peloponess uruşi (27 yil)

Aslida bu nom ostida ikki yirik uruş bölib ötgan. Birinçisi – Kiçik Peloponess uruşi (m.a. 460-445 yillar). Ikkinçisi – Katta Peloponess uruşi (m.a. 431-404 yillar).
Aynan ikkinçi Peloponess uruşi qadimiy Ellada (Gretsiya) tarixidagi eng yirik uruş sifatida tarixga kirdi. Asosan Afina va Sparta ziddiyatiga asoslangan bu janglarga juda köp davlatlar, xususan forslar ham qöşilib ketişdi. Qurbonlar aniq hisoblanmagan. Janglar Afinaning mağlubiyati va Sparta ittifoqiga qöşilib ketişi bilan yakunlangan.
5. Oq va alvon atirgullar uruşi (33 yil)












