DW xabariga köra, Lavrov Yevropa bunday tanaffus orqali Ukrainaga harbiy zaxiralarini töldiriş uçun vaqt berişni istaşini daʼvo qilgan. Ayni paytda u Rossiya «barqaror va adolatli tinçlik»ka erişiş uçun muzokaralarga tayyorligini aytgan.

Lavrov Rubio bilan uçraşdi

BMTdagi çiqişidan oldin Lavrov AQŞ davlat kotibi Marko Rubio bilan uçraşgan. «Interfaks» agentligi maʼlumotiga köra, muzokaralar qariyb bir soat davom etgan.

Bu ikki mamlakat taşqi siyosat idoralari rahbarlarining 2025-yildan buyon ötkazgan beşinçi uçraşuvi bölgan.

Rubio esa Nyu-Yorkda BMT Boş Assambleyasi doirasida Vaşington sulhga erişişda konstruktiv rol öynaşga tayyorligini yana bir bor taʼkidlagan.

Putin Mayamidagi sammitga taklif qilindi

Avvalroq Rubio AQŞ Rossiya prezidenti Vladimir Putinni dekabr oyida Mayamida ötkaziladigan G20 sammitiga taklif qilganini maʼlum qilgan edi.

«Muammolarni hal qiliş uçun kelişmovçiliklaringiz yoki muayyan ziddiyatlaringiz bölgan odamlar bilan uçraşiş kerak. Şuning uçun prezident Putinni G20 sammitiga taklif qildik», - degan AQŞ davlat kotibi.

Uning sözlariga köra, sammit Rossiya rahbariga AQŞ prezidenti Donald Tramp va boşqa dunyo yetakçilari bilan uçraşiş imkonini beradi.

«U bu taklifni qabul qilişiga umid qilamiz», - deya qöşimça qilgan Rubio.