Volodimir Zelenskiy bu haqda 11-sentabr kuni Kanada boş vaziri Mark Karni bilan ötkazilgan muzokaralardan söng jurnalistlarga maʼlum qildi.

Ukraina prezidentining sözlariga köra, AQŞ delegatsiyasi bilan navbatdagi uçraşuv Nyu-Yorkda BMT Boş assambleyasi doirasida ötkazilişi mumkin.

Zelenskiy muzokaralarda don va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiliş masalasiga alohida eʼtibor qaratilişini aytdi. Uning taʼkidlaşiça, Rossiya Qora dengiz orqali Ukraina qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportiga tösqinlik qilişni boşlagan.

Şu bilan birga, Ukraina rahbari Kiyevning Yevropa, Kanada yoki AQŞ bilan muzokaralari fonida Rossiya Ukrainaga hujumlarni kuçaytirişi mumkinligini bildirdi.

«Rossiyani bilgan holda aytişim mumkinki, ular bizning yevropaliklar, kanadaliklar yoki amerikaliklar bilan qayerdadir muzokara olib borayotganimizni eşitsa, bizga qarşi hujumlarni kuçaytirişga harakat qiladi. Bu muzokaralar yoki har qanday muloqotni buziş uçun qilinadi. Ammo biz bu yönalişda harakat qilişda davom etamiz. Uruşni töxtatişning boşqa yöli yöq», - dedi Zelenskiy.

Uning aytişiça, Rossiya kuçlarining Ukraina infratuzilmasiga zarbalari davom etayotgan bir şaroitda Kiyev energetika xavfsizligi masalalari böyiça AQŞ delegatsiyasi bilan har kuni aloqada bölib turibdi.

Zelenskiy, şuningdek, Rossiyada 18–20-sentabr kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan Davlat dumasi saylovlariga qadar Moskva bilan jiddiy muzokaralar boşlanişini kutmayotganini bildirdi.

Avvalroq Vaşington ham Rossiyadagi saylov kampaniyasi yakunlanganidan keyin muzokara jarayoni qayta faollaşişiga umid qilayotgani xabar qilingan edi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp esa 9-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilganidan söng, Putin Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça kelişuvga erişişga tayyor ekanini aytgan.

«Bizda juda yaxşi suhbat böldi. U kelişuvni xohlayapti», - degan Tramp. AQŞ prezidenti, şuningdek, Volodimir Zelenskiy ham kelişuvga erişişni istasa, bu «juda yaxşi» bölişini taʼkidlagan.

Sentabr boşida Vaşington Kiyev va Moskva örtasida muzokaralarni qayta boşlaş maqsadida vositaçilik harakatlarini yana faollaştirgan. AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Trampning kuyovi Jared Kuşner Moskvaga navbatdagi taşrifini amalga oşirganidan söng Kreml Putin Trampni Yevropaga nisbatan heç qanday «tajovuzkor rejalari» yöqligiga işontirganini maʼlum qilgan.