Şri-Lankada şaxmat böyiça 8 yoşdan 18 yoşgaça bölgan öğil-qizlar örtasida ötkazilayotgan Osiyo çempionatida Özbekiston vakillari ham iştirok etmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur musobaqada Umida Omonova, Ruqiya Olimova, Afruza Hamdamova, Humoyun Bekmurodov va Abdumalik Abdusalimov Özbekiston şarafini himoya qildi.
Özbekistonlik yoşlar qit'a birinçiligida 5 ta oltin, 2 ta kumuş va 1 bronza medalini qölga kiritdi.
10 yoşgaça bölgan bolalar örtasida Humoyun Bekmurodov 8 oçko jamğargan holda oltin medaliga sazovor böldi. Uşbu yoş toifasida ikkinçi örin hindistonlik Mayank Çakrabortiga, uçinçi örin esa eronlik Movahed Sinaga nasib etdi. Humoyun uşbu musobaqaning blits bahslarida ham oltin medalni qölga kiritdi.

10 yoşgaça qizlar örtasida özbekistonlik şaxmatçi Afruza Hamdamova 7 oçko töplagan holda kumuş medalini qölga kiritdi. Afruza musobaqaning rapid bahslarida ham kumuş medaliga ega çiqdi.

8 aprel, duşanba kuni yoş şaxmatçilardan biri Umida Omonova 14 yoşgaça qizlar örtasidagi bahslarda iştirok etib, Özbekiston hisobiga navbatdagi oltin medalini taqdim etdi.

Yana bir özbekistonlik Abdumalik Abdusalimov ham 18 yoşgaça yigitlar örtasida oltin medalini qölga kiritdi. Musobaqa davomida u umumiy hisobda 7 oçko jamğardi.












