Ilon Mask, Opra Uinfri va Marka Tsukerbergdan örnak oling.

1. Faoliyatiga oid bölmagan kitoblarni öqiş
Kitob mutolaasi bir neça afzalliklarga ega. U olamga özgaça nigoh bilan qaraş imkonini beradi. Kitoblar özingizni özga kişi örniga qöyib köriş könikmasini ham rivojlantiradi, bu esa haqiqiy yetakçilar uçun juda muhim. Faoliyatingiz doirasiga kirmaydigan yangi bilimlarni egallaş ham juda foydali.
Tadbirkor va muhandis Ilon Mask mutolaa röyxatiga fantastik va biografik asarlarni albatta kiritadi. Rolling Stone jurnaliga bergan intervyusida u şunday degandi: «Meni avvalo kitoblar, keyin ota-onam tarbiyalaşgan».
2. Qulaylik zonasi çegarasidan çiqiş
Bajariş imkonsizdek köringan işga kirişiş uçun özingizda jasurlik topa biling. Bu rivojlanayotganingizning belgisi. Aks holda köp narsaga erişmaysiz.
Agar ommaviy çiqişlarni yoqtirmasangiz, keyingi uçraşuvda birinçi bölib sözga çiqing. Qattiq asabiylaşsangiz ham, terlaganingizdan köylagingiz xöl bölsa ham buni amalga oşiring. Ança yengil tortasiz.
Qörquv va ösiş birga mavjud bölmaydi. Ularning biridan voz keçişga töğri keladi.
Facebook asosçisi Mark Tsukerberg putunxua – xitoy tilining mandarin lahjasini örganişga köp yillik vaqtini sarflagan. U yengilmadi, hozirda bu tilda yaxşi muloqot qiladi.
3. Sport bilan şuğullaniş
«Badavlat kişilarning odatlari» kitobining muallifi Tom Korli beş yil davomida muvaffaqiyatli odamlarning jadvali va odatlarini tadqiq etdi. Ularning umumiy jihatlarini topişga muvaffaq böldi – jismoniy maşqlar. Masalan, Opra Uinfri, Şeril Sendberg va Riçard Brenson sportni kundalik jadvallariga kiritişgan.
Korlining fikriga köra, yuguriş, yuriş va boşqa aerobik maşqlar bilan şuğullanişni odatga aylantirganlar bir neça afzalliklarga ega: ularning IQ körsatkiçi, irodasi, öziga bölgan işonçi yuqori va jismoniy quvvati ham 20 foizga köproq.
Bundan taşqari, tadqiqotlar şuni körsatdiki, har kuni bajariladigan oz miqdordagi maşqlar ham umringizni uzaytirişi mumkin.












