2026-yilning yanvar–sentabr oylarida xorij fuqarolari tomonidan Rossiyada sodir etilgan jinoyatlar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga kamayib, qariyb 20 mingtani taşkil etdi. Bu haqda 10-noyabr kuni Federatsiya kengaşidagi çiqişi çoğida Rossiya içki işlar vaziri Vladimir Kolokolsev maʼlum qildi, deb xabar berdi «Kommersant».
Vazirning sözlariga köra, töqqiz oy içida Rossiyaga 7 millionga yaqin xorijlik kirib kelgan, bu esa ötgan yilning şu davriga qaraganda 10 foizga kamdir. 1-oktabr holatiga köra, mamlakatda 6 million migrant bölgan.
Kolokolsev uşbu körsatkiçlarning pasayişini migratsiya nazorati kuçaytirilgani bilan boğladi.
Kolokolsevning maʼlumotlariga köra, 2026-yilda Rossiyadan 120 ming çet el fuqarosi çiqarib yuborilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan ikki baravar köp.
Bundan taşqari, Rossiyaga kirişi 3 yildan 10 yilgaça bölgan muddatga taqiqlangan çet elliklar soni qariyb ikki baravar oşgan. Bunday çeklovlar 290 ming kişiga daxldor böldi.
Rossiya IIV maʼlumotlariga köra, nazorat ostidagi şaxslar reyestrida 820 ming çet ellik, jumladan, 120 ming nafar voyaga yetmagan şaxs röyxatda turibdi.
Rossiya IIV rahbarining sözlariga köra, 670 mingga yaqin xorijlik Rossiyada yaşaş guvohnomasi yoki vaqtinça yaşaş ruxsatnomasiga ega.
Şu bilan birga, 2026-yilda ötgan yilgiga qaraganda bekor qilingan yaşaş guvohnomalari soni beş baravarga, vaqtinça yaşaş ruxsatnomalari esa 18 baravarga oşdi.
Kolokolsev buni, jumladan, Rossiyada yaşaş huquqini beruvçi hujjatlarni oliş maqsadida tuzilgan soxta nikohlarning foş etilişi bilan izohladi.













