Foto: Layfxaker

Bu sözlar qörquv, kuçsizlik, umidsizlikdan iborat va orzuni rad etişga majbur qiladi. Ulardan xalos böling.

Mitçel Xarper
Bigcommerce servisi asosçilaridan biri, CapitalHLabs studiyasi asosçisi.

Bu qanday sözlar?

Aqlni boşqariş – muvaffaqiyatning tarkibiy qismlaridan biri. Bu haqida köp yozilgan. Biroq ularni hayotga tatbiq etişga qaraganda yoziş va öqiş osonroq.

Kulrang tusdagi hayotdan qoniqmaydigan har bir kişi sözlar bizga qay darajada kuçli ta'sir qilişini yaxşi anglaşi lozim.

Siz qöllaydigan sözlar kim bölişingiz, qayerda yakunlab, nimaga erişişingizni belgilaydi. Miyangizda doimiy ravişda aylanadigan gaplar muayyan oqibatlar keltiradi.

  • Men u qadar yaxşi emasman.
  • Men bunga loyiqmasman.
  • Menga hasad qilişsa-çi?

Ruhiyatingiz va rivojlanişingizga siz öylagandan köproq ta'sir qiluvçi sözlar mavjud. Siz ularni bilasiz, kuniga bir neça marta takrorlaysiz. Agar bu ikki söz bitta gapda yonma-yon qöllanilsa, qörquv, xavotir, himoyasizlikni işga tuşiruvçi mexanizm sifatida işlaydi. Ular nima qilsangiz ham sizni töxtatişga qodir. Hatto finiş çiziğiga bir qadam qolgan bölsa ham. Mazkur sözlar quyidagilar:

Agar … bölsa-çi?

  • Harakat qilsam-u, mağlubiyatga uçrasam nima böladi?
  • Qölimdan kelmasa-çi?
  • Bari rejadagidek bölmasa-çi?
  • Buni istamasam-çi?
  • Turmuş örtoğim/bolalarim/ota-onam buni ma'qullamasa-çi?
  • Sevgan insonim mendan ketib qolsa-çi?
  • Ustimdan kulişsa-çi?
  • Barini yöqotsam-çi?

Biznes boşlaş, muvaffaqiyatsiz munosabatlarni yakunlaş, boşqa mamlakatga köçib ötiş, işni özgartiriş, umuman biror narsaga erişiş istagidagi har bir inson uçun «Agar … bölsa-çi?» savoli eng dahşatli savol.