Özbekiston milliy terma jamoalari tarkibiga sportçilarni saralab oliş tizimini rivojlantiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining jamoatçilik muhokamasi uçun e'lon qilingan qarori loyihasida aytiladi.
Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Xalq ta'limi vazirligining:
hududlardagi mavjud ta'lim muassasalarini xatlovdan ötkazib, sport zaxirasini şakllantiriş, saralaş (seleksiya) va katta sportga iqtidorli sportçilarni tanlab oliş tizimini yölga böyiça tuman (şahar)larni sport turlariga ixtisoslaştirişni taşkil etiş;
hududlarning öziga xos xususiyatlari, aholining qiziqişi va xohiş-istaklaridan kelib çiqib, har bir tuman (şahar)ni hamda oliy ta'lim muassasalarini ma'lum bir sport turlariga ixtisoslaştiriş va sport infratuzilmasini rivojlantiriş, şuningdek, iqtidorli sportçilarni Özbekiston milliy terma jamoalari tarkibiga saralaş (seleksiya) qiliş;
sport turlariga ixtisoslaştirilgan tuman (şahar)larning ta'lim muassasalari öquvçilari örtasida “maktab ligasi” hamda oliy ta'lim muassasalari talabalari örtasida “talaba ligasi” musobaqalarini taşkil etiş va ötkaziş böyiça takliflari ma'qullanişi mumkin.
Quyidagilar sport turlariga ixtisoslaştirilgan tuman (şahar) ta'lim muassasalari hamda oliy ta'lim muassasalarining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
sport turlari böyiça yuqori iqtidorga ega bölgan yoş sportçilarni saralab oliş (seleksiya) tizimini yölga qöyiş, ularni öqitiş, tarbiyalaş va individual xususiyatlarini rivojlantiriş, sport sohasidagi qobiliyatini yanada oşiriş;
bolalar-ösmirlar sport maktablari hamda sport turlari böyiça ixtisoslaştirilgan sport maktablarini rivojlantiriş uçun işonçli sport zaxirasini şakllantiriş, iqtidorli bolalarni sportga jalb etiş va ularning salohiyatini doimiy ravişda oşirib boriş;
professional sportçilarni tayyorlaş tizimini taşkil etiş, rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro darajada raqobatlaşa oladigan darajaga yetkaziş, turli yoş toifasidagi respublika terma jamoalarga va sport turlari böyiça terma jamoalariga professional sportçilarni tayyorlaş;
sport sohasida rivojlangan xalqaro mamlakatlarda ötkaziladigan musobaqalar va öquv-maşğulot yiğinlarida iştirok etiş orqali sport turlari böyiça milliy terma jamoasi a'zolarining saviyasini oşirib boriş.







