Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Tokioga taşrifi doirasida Yaponiya öquv muassasalari va taşkilotlari rahbarlari bilan qator uçraşuvlar ötkazdi.

Yaponiya Milliy universitetlar uyuşmasi va "Tsukuba" universiteti prezidenti K.Nagato bilan Özbekistonda ta'lim tizimini takomillaştiriş tendensiyalari muhokama qilindi.

Özbekistonda sanoatning turli sohalarida va xizmat körsatişda malakali işçilarga ortib borayotgan talabni qondiriş uçun ikki mamlakat ta'lim taşkilotlari va muassasalarining  kooperatsiyasi uçun istiqbolli yönalişlar körib çiqildi. 

Özbekiston oliy ta'lim muassasalarida, Toşkent davlat şarqşunoslik instituti qoşidagi "Tsukuba" universitetining Markaziy Osiyo ilmiy-tadqiqot markazi misolida, Yaponiya ilmiy-tadqiqot markazlarini taşkil qiliş hamda qöşma ta'lim dasturlarini, şu jumladan talabalar almaşuvini, amalga oşiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Digital Knowledge Co., Ltd. kompaniyasi prezidenti va boş direktori bilan ötkazilgan suhbat çoğida Özbekistonda kasb-hunar va oliy ta'lim tizimida zamonaviy yapon texnologiyalari va öqitiş uslublarini joriy etişning dastlabki şartlari körib çiqildi – ulardan foydalanişning turli sxemalari, şu jumladan yaponiyalik öqituvçilar va dasturiy ta'minotning innovatsion işlanmalarini jalb qiliş orqali raqamli öqitiş formati muhokama qilindi. Tomonlar Toşkentda Yaponiya bilan qöşma raqamli universitet taşkil etiş istiqbollarini muhokama qildilar. Yaponiyaning bir qator universitetlari bilan birgalikda masofaviy öqitiş dasturlarini yaratiş masalasi alohida körib çiqildi.

Uçraşuv yakuni bilan körib çiqilgan taşabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş uçun amaliy qadamlar muhokama qilindi: joriy yil dekabr oyida Yaponiyaga oliy darajadagi taşrif davomida tegişli kelişuvlarni imzolaşni közda tutgan holda, har bir muhokama qilingan yönaliş böyiça hamkorlikning batafsil konsepsiyalarini işlab çiqişni yakunlaş maqsad qilib olindi.

Özbekiston aeroportlar boşqaruvini Sumitomo Corporation’ga topşiriş masalasini körib çiqmoqda