Joriy yil 3 dekabr kuni investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi qator ilğor yapon kompaniyalari – Mitsubishi Corporation kompaniyasining katta vitse-prezidenti va ijroçi direktori K.Ota, Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasi katta vitse-prezidenti K.Terasava hamda Sumitomo Corporation kompaniyasining boşqaruvçi ijroçi direktori T.Akimoto bilan uçraşuv ötkazdi.

Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasi hozirda ammiak va karbamidni yuqori texnologiyali işlab çiqariş obektini qurişda iştirok etmoqda – kompaniya rahbariyati bilan ötkazilgan navbatdagi uçraşuv loyihani amalga oşiriş bilan boğliq bölgan qator amaliy masalalarni körib çiqişga, ularning ehtimoliy yeçimlarini muhokama qilişga va kelgusi munosabatlar algoritmini işlab çiqişga imkon yaratdi, deyiladi vazirlik xabarida.
Sumitomo Corporation kompaniyasi rahbariyati bilan bölib ötgan suhbatda hududiy aeroportlarni modernizatsiya qiliş va ularni boşqariş, sanoat va transport-logistika infratuzilmasi obektlarini taşkil qiliş hamda quyoş, şamol va issiqlik elektrostansiyalarni quriş böyiça qator loyihalarni amalga oşirişda şerikçilik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Bundan taşqari, loyihaoldi takliflarni (Pre-FEED) işlab çiqiş borasida texnik hamkorlik qiliş istiqbollari körib çiqildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar kelişuvlarning texnik va moliyaviy qismlarini tezkor işlab çiqiş va Yaponiyaga kutilayotgan yuqori darajadagi taşrif doirasida imzolaş uçun aniq kelişuvlarni şakllantiriş maqsadida, birgalikda olib borilayotgan işlarni yanada jadallaştirişga kelişib oldilar.












