18:10 / 14.02.2020
0
53602
Samarqand davlat tibbiyot institutining uzoq yillik rektori ishdan olindi

Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Azamat Shamsiyev lavozimidan ozod etildi va uning o‘rnini Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Jasur Rizayev egalladi.

Samarqand davlat tibbiyot instituti Azamat Shamsiyev lavozimidan ozod etildi.

Vazirlar Mahkamasining 14 fevral kungi 82-sonli «Oliy ta'lim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlash to‘g‘risida»gi qarori bilan Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Jasur Alimjanovich Rizayev Samarqand davlat tibbiyot institutiga rektori etib tayinlangan.

Azamat Muxitdinovich Shamsiyev 2004 yildan buyon Samarqand davlat tibbiyot institutiga rektorlik qilib kelayotgandi.

Azamat Shamsiyev / Samarqand davlat tibbiyot instituti

Jasur Rizayev 2016 yilning avgustida Toshkent davlat stomatologiya institutiga rektor etib tayinlangandi.

Jasur Rizayev

U 1974 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 1996 yil Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1998-2000 yillarda katta laborant, 2000-2007 yillarda assistent, 2007-2008 yillarda 1-TDTIda dotsent, 2008-2011 yillarda Toshkent shahar Uchtepa tuman tibbiyot birlashmasida rahbar sifatida faoliyat yuritgan.

2011 yildan 2016 yilgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi bosh shifokori, 2016 yildan buyon Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining 2-Stomatologiya kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin orada O‘zbekistondagi bir qator oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishdan olinishi haqida gapirgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top