31 yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasida olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va işlab çiqariş sektori vakillari bilan uçraşgan prezident Şavkat Mirziyoyev oliy ta'lim masalasida fikr bildirdi.

«Yaqinda köp rektorlar işdan olinadi. Mening stolimda turgan ma'lumotlarga köra, bu rektorlar bilimi, saviyasi va vatanparvarlik darajasi bilan rektor böliş u yoqda tursin, hatto qorovul bölişga arzimaydi», – deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Davlat rahbari Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida ötkazilgan attestatsiya natijalarini ham eslab ötdi.

«Bugun oliy öquv yurtlari rahbarlariga söz berişga vaqt bölmadi. Avvalgi yiğilişlardan birida men «Narxoz» haqida gapirdim. U yerda xodimlarning 60-65 foizi attestatsiyadan ötmagan. 20 yil davomida farzandlarimizni vijdon, bilim va ma'lumotga ega bölmagan odamlar öqitişdi. Bu bolalar nima böladi? Qayerga boradi? Ular qayerda işlaydi? Banklarda işlaş imkoniyatiga ega böla oladilarmi? Yöq», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezidentning fikriça, bank sohasi mutaxassislari malakasining pastligi Toşkent moliya instituti va Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida ilmiy salohiyatning yetişmasligi bilan boğliq.

«Men nega banklarimizni çet elliklarga bermayapman? Nega ularning banklarini kiritişga şoşilmayapman? Çunki ular hozir kirib keladigan bölsa, bizning banklar mijozsiz qoladi», – dedi davlat rahbari.

Şu bilan birga, ta'kidlanişiça, rektorlar va boşqa universitet xodimlarini qamoqqa oliş bilan korrupsiyani butunlay yöq qilişga erişib bölmaydi.

«Biz eng avvalo atrof-muhitni özgartirişimiz kerak. Öqituvçilar yoş, raqobatbardoş talabalarga bilim bera olmasligidan uyalişlari kerak. Bu gaplardan har bitta universitet rahbari xulosa çiqarişi kerak.

Bizga şu yurtni biladigan, sevadigan, sadoqatli va halol kadrlar kerak», – deb ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev.