Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot va farmatsevtika oliy va örta maxsus ta'lim muassasalarida kredit-modul öqitiş tizimini joriy etiş töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Örta maxsus professional ta'lim muassasalari öquvçilari, oliy ta'lim muassasalari bakalavriat va magistratura talabalari, birlamçi maqsadli ixtisoslaştiriş kurslarida tinglovçilari hamda klinik ordinator (rezident)lar bilimini nazorat qiliş va baholaşning maqsadi — yuqori malakali, raqobatbardoş, soğliqni saqlaşning zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan tibbiyot kadrlarni tayyorlaş hamda ta'lim oluvçilarda mustaqil ta'lim oliş, ta'lim sifatini boşqargan holda tibbiyotning tegişli sohalarida amaliy könikmalarni hosil qiliş va rivojlantiriş, talabalarning modullarni özlaştirişida böşliqlar hosil bölişining oldini oliş, ularni aniqlaş va bartaraf etişdan iborat.
Kredit-modul öqitiş tizimi öquv jarayonining quyidagi şakllaridan iborat:
auditoriya maşğulotlari - ma'ruza, nazariy, amaliy, seminar, laboratoriya maşğulotlari, öquv (klinik) amaliyoti;
auditoriyadan taşqari maşğulotlar - ilmiy kutubxonada işlaş, mustaqil işlar, individual maslahatlar, klinik vazifalar, işlab çiqariş (malaka) amaliyoti, kurs işi (loyihasi), bitiruv malakaviy işi,ta'lim oluvçilar ilmiy anjumanlarda qatnaşişi, magistratura mutaxassisliklarida ilmiy faoliyat turlari va h.k.
Modullar quyidagilar orqali amalga oşiriladi:
kredit birliklarini hisobga olgan holda öquv rejadagi har bir moduli uçun dasturlar;
har bir modulning auditoriya işi: ma'ruzalarning matn va prezentatsiyalari, nazariy, amaliy, seminar va laboratoriya maşğulot rejalari, multimedia bilan ta'minlaş, amaliy könikmalarni va kompetensiyalarni özlaştirişi uçun jihoz va simulyatorlar (trenajyorlar);
ta'lim oluvçilarning mustaqil işlaşi: uy vazifasi uçun matnlar töplami, har bir modul uçun öz-özini nazorat qiliş materiallari, referat va kurs iş (loyiha)lari mavzulari, elektron kutubxona, videoteka (video kutubxona), amaliy könikmalar va kompetensiyalarni özlaştirişi uçun jihoz va simulyatorlar (trenajyorlar);
ta'lim oluvçilar bilimini nazorat qiliş: testlar, har bir modul uçun nazorat savollari, jumladan, obektiv tizimlaştirilgan klinik imtihon (OSCE), obektiv tizimlaştirilgan imtihon (OSE) va boşqalar uçun topşiriqlar;








