Intervyu: şoir Aziz Said şe'rni baholovçi mezonlar, 1970-80 yillar ijodkorlari orzusidagi Özbekiston va Abduvali Qutbiddin haqida
|15:47 / 13.10.202021 35413 min
Kun.uz jamiyat, adabiyot, xususan, özbek jamiyati va adabiyoti masalalariga bağişlangan turkum suhbatlar loyihasini davom ettiradi.
Loyihaning navbatdagi mehmoni özbek şe'riyatining yorqin vakillaridan biri, 80 yillar şe'riyati maydoniga öz ovozi, musiqasi va tili bilan kirib kelgan ijodkor Aziz Said böldi.
Şoir Kun.uz muxbiri bilan suhbatda özining ijodiy faoliyati, adabiy maqolalari, ijodida uzoq vaqt davom etgan «jimlik» sababi haqida sözlab berdi. U şuningdek, ijodkorlar örtasida adabiy döstlik, taniqli şoir Abduvali Qutbiddin xotiralari haqida hikoya qildi.
– Aziz aka, siz bilan suhbatga tayyorgarlik çoğida qator şe'rlaringiz va adabiy maqolalaringiz bilan tanişib çiqdim. Masalan, «Ğoyibdan döst bilan suhbatlar» nomli töplamidagi adabiy maqolalaringiz bilan.
Suhbatimizni şu mutolaa asnosida tuğilgan bir savol bilan boşlamoqçiman.
Bahslardan birida şe'rning darajasi, şoirning qudrati nima bilan ölçanişi borasida gap boradi. Siz şe'r kuçini, şoir qudratini xalq mehri, sevgisi bilan ölçaysiz. Döstingiz esa bularni baholaş uçun boşqa mezonlar borligi, siz aytgan jihatlar şunçaki yuzaki omillar ekanini aytadi.
Bugun özingizdan söramoqçiman, fikringizça, şe'rning darajasi, şoir qudrati aslida qanday mezonlar bilan ölçanişi kerak? Ular qaysi holatda haqiqiy bahosini oladi?
– Aslida, har qanday şe'rning bahosi undagi ruh bilan belgilanadi. Çunki şoir şe'rini yoziş davomida öz ruhini unga qançalik ötkazib yoza olgan bölsa va bu ruh tabiiy tuğilgan bölsa, şe'r uni özida taşiydi. Bu ruh yillar, asrlar davomida şoirning öşa lahzadagi holatini, fikrini va iste'dodining bahosini ham özi bilan olib yuradi.
«Ğoyibdan döst bilan suhbatlar»da aytilganidek, şe'rdagi maşhurlik holatlari ham bor. Biror şe'r yoki şoir vaqtinça maşhur böladi. Ammo davr va vaqt ötar ekan, bu maşhurlik boşqa narsalarga tayangani ma'lum bölib qoladi. Natijada öşa şe'rning örnini boşqalari egallay boşlaydi. Bu xalqning öşa paytda şe'rni qabul qiliş talabi, ruhiy ehtiyojiga boğliq böladi. Bu ehtiyojlar paydo bölgan vaqtda boşqa muşohadalar qilinmaydi.
Masalan, mustaqillikka erişgan dastlabki yillarimizda şoirlarning içida aytilmagan dardlar vulqonday qaynab yotardi. Bu ozodlik, til, din, tarix, yer, umuman hamma boyliklarimizning dardlari edi. Keyin biz mustaqillikka erişdik va göyoki öşa boyliklarga eltuvçi yöllardan tösiqlar olindi. Bu turli janr, ohang va hatto gap tarzida pörtanadek otilib çiqdi. Öşa paytda şe'rga nisbatan eng yuqori tuyğu, ilohiy tasavvurlar borasidagi talablarni qöyiş xayolimizga kelmadi. Bu vaziyat tabiiy edi. Natijada öşa davrda yozilgan şe'rlarning maşhurlik davri ötib böldi.
Mavzuga oid
Menimça, şe'rni baholovçi mezonlarni siz bilan biz topib ötirişimiz kerak emas.
– Kitobni öqir ekanmiz, boş qahramonlar «men» va «u»ning turli masala va mavzularda qiziqarli bahslariga guvoh bölamiz. Töğri, bu ikki döst garçi bir-biriga qarama-qarşi dunyoqaraş egalari bölsa-da, nazarimda, ular baribir muallifning özi, ya'ni siz.
Aytingçi, ularning qaysi biri haqiqiy Aziz Saidning “men”i ekan?
– Ha, şunday. Agar ularning qaysi biri haqiqiy Aziz Said desangiz, «men» bu real hayotdagi Aziz Said, «u» esa mening ideal talablarim. «U» bahslarda aytayotgan fikrlar orqali men adabiyot, san'at, şe'riyat, jamiyat borasida körmoqçi bölganlarimni, ideallarimni aytganman.
Yuqorida aytganimdek, «men» bu – reallik. Uning fikrlari, uning talablari öşa vaqt, öşa davrning talablari.
Albatta, bu juda katta yangilik emas. Insonning özi bilan özi bahslaşişi, kuraşişi bu azal-azaldan bor. Bu adabiyotda ham bor.
Men ham fikrlarimni töliqroq ifodalaş uçun şu usuldan foydalanganman.
Yana yuqoridagi fikrimning davomiga qaytaman. Şe'rni öz baholaş mezonlari bor. Aytaylik, bugun biror şe'rni ijtimoiy tarmoqlarda ön yoki ellik minglab odam öqidi. Lekin bu öşa şe'r juda yaxşi yozilganini anglatmaydi. Çunki bu köproq öşa şe'rning kun tartibidagi mavzu yoki ehtiyojga mos tuşgani sababli bölişi mumkin.
Haqiqiy şe'rni yillar, asrlar talabidan kelib çiqib baholaydigan bölsak, bunda şe'riy san'atlar tuşunçasi maydonga keladi. Bu san'atlarning esa öz talablari bor.
Şe'r öta yuksak talablarga javob bera olişi zarur. Hamma şe'r ham bu talablarga javob bera olmaydi. Masalan, biror şoirning mingta şe'ri bölsa, ulardan 20tasi şu talablarga mos tuşar.
Yuqorida aytganimdek, bu yerda eng asosiy narsa – şoirning ruhi va aytadigan fikri.
Abu Ali ibn Sinoning «şe'r san'atlari» nomli asari bor. U bu asarida Aristotelning «Poetika»sini şarhlab bergan. Jumladan, kitobda Yunonistonda va Şarqda (arab şe'riyati nazarda tutilyapti) şe'rdan közlangan maqsad va talablar tahlil qilinadi. Unda aytiladiki, yunon şe'riyatida unda fikr orqali odamlarni tarbiyalaş maqsad qilingan bölsa, şarq şe'riyatida çiroyli taşbehlar, obrazlar orqali odamlarning his tuyğulariga ta'sir qiliş yetakçi örinni egallaydi.
Xuddi şunday haqiqiy şe'riyat ham san'at nuqtai nazaridan yuqori bölişi, şuningdek, taşbehlar, insonni hayratlantira oliş va kuylanayotgan tuyğularning sofligi jihatidan ham samimiy bölişi kerak.
– 1980-90 yillarda siz bilan tengdoş ijodkorlar ham ijodda, ham ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ança faol bölişgan.
Öşa paytlarda bu ijodkorlar vatan, mustaqillik, millat erki kabi mavzularni bayroq qilib ijod qilardi.
Aziz aka, aytingçi, öşa davr ijodkorlari aslida qanday Özbekiston haqida yozgan edilar? Ya'ni öşa payt ziyolilari tasavvur qilgani va hozirgi Özbekiston qançalik öxşaş yoki farqli?
– Şöro davri deganda faqat 80-yillar tuşunilmaydi. Qullik va zulmdan xalos böliş, alohida millat sifatida rivojlaniş, böyinda kimningdir böyinturuğini his qilmaslikka bölgan harakatlar, ya'ni mustaqillikka intiliş jarayoni asrimizning boşidan kelayotgandi. Abdulla Qodiriy, Çölpon, Fitrat, Usmon Nosir yoki boşqa jadidlar yoki undan keyin 40-50 yillar ijodkorlari harakatlari misolida gapiryapman. Bu jarayon vijdonli va harakatning mazmunini anglagan ijodkorlar uçun töxtamagan.
Men ayrim kişilardan «öşa paytda bu kabi ğoyalarni biz kuylaganmiz, biz gapirganmiz, yozganmiz», degan gaplarni eşitib qolaman. Yöq, bizdan oldin ham bu dardlar kuylangan edi. Ular imkoni berilganda oçiq, berilmaganda obrazlar bilan aytilgan.
Davom etadigan bölsak, ozodlik, hurlik, erk ğoyalari keyinçalik Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi, Omon Matjon tomonidan ham kuylangan.
Ulardan keyingi avlod: Şavkat Rahmon, Yöldoş Eşbek, Xurşid Davron, Usmon Azim yoki iste'dodi baland, past bölgan boşqa ijodkorlar tomonidan ham yozildi. Qaytaraman, bu ijodkorlarda ham mustaqillik orzusi bor edi, nainki orzu, isyon bor edi. Ular yozgan şe'rlarning har bir qatorida bu isyonni sezsa bölardi.
Bu ijodkorlar falsafiy şe'r yozadimi yoki tabiat haqidami – öşa oğriqlar ularni baribir qiynayverardi.
Xöş, bu orzular qanday orzu edi? — Bu millat va bir xalq sifatida mustaqil böliş orzusi edi. Butun dunyodagi xalqlar qatori teng böliş istagi edi.
“Kişan kiyma,
Böyin egma,
Ki sen ham hur tuğilğonsen!” deganda Çölponni mana şu dardlar qiynagan.
Savolingizga javob sifatida yana şuni aytiş mumkinki, öşa paytda ijodkorlar nafaqat öz ijodida, balki butun harakatida mana şu istak bilan yaşaşardi. Buni eng lirik şoirlarimizning lirik şe'rlarida ozodlik dardini turli obrazda seziş mumkin edi.
Hozirgi Özbekiston sizlar xohlagan Özbekiston edimi, deyapsiz. Biz (butun millat) xohlagan narsa ozodlik tuyğusi edi. Lekin bu paytda hali ozod mamlakatning iqtisodiy işlab çiqariş mehanizmlari tasavvur qilinmagan. Ertaga dökonlar, qişloq xöjaligi qanday böladi yoki qanday işlab çiqariş yölga qöyiladi, u odamlarga qanday tarqatiladi, degan narsalar öylanmasdi. Bular juda mayda narsalar. Inson tuğilar ekan yaşayveradi. Lekin u asosiy narsa – erkinlikdan mahrum edi.
Töğrisi, öşa paytlarda mustaqillikni yaqin orada böladi deb köpçilik öylamagan ham bölsa kerak. Lekin mustaqil böldik. Heç kim buni ta'riflab berolmaydi. Hozirgi mustaqillik, vatan sizga yoqadimi deyiş – senga otang, yoki onang yoqadimi deyişday gap.
– Aziz aka, yaxşi bilaman, sizni ham hayotda, ham ijodda, eng yaqin döstlaringizdan biri Abduvali Qutbiddin edi (oxirati obod bölsin). Va bu öziga xos katta şoirni bugungi suhbatimizda eslamay ötiş ham adolatdan bölmaydi. (Şaxsan özim uçun ham buni qarz deb bilaman).
Keling, Abduvali aka bilan boğliq xotiralaringizni, döstligingizni bir eslasak. («Ğoyibdan döst bilan suhbatlar»da ham şoirning ijodiga alohida töxtalgansiz)
Şu qatorida yana bir savolga javob bersangiz, özi umuman adabiyotda adabiy döstlik qanday bölişi kerak, u ijodkorlarning bir-birini suyaşimi yoki ayamay foş qilişi?
– Yuqorida şe'rning darajasini xalq orasida maşhurligi belgilaydimi yoki u özgaça mezonlar bilan ölçanadimi, degan savol ustida gaplaşgan edik. Abduvali Qutbiddin ham şe'rni haqiqiy san'at darajasiga çiqara olgan, lekin Abduvali Qutbiddin özi munosib bölgan maşhurlikka erişmagan, özi munosib bölgan e'tiborni topmagan şoirdir.
Abduvali Qutbiddin adabiyotimizga Xudoning bir tuhfasi. Uning ijodi hali ham deyarli örganilmadi. Balki, bugungi adabiy fikrlaş darajamiz, bugungi ölçovlarimiz va özimiz örganib qolgan muşohada qoliplarimiz Abduvali Qutbiddin şe'rlariga yetib kelmagandir.
Uning ijodi özbek şe'riyatida juda katta yangilik bölgani, bu maydonda katta bir hodisa yuz berib, hali bu hodisa anglanmay turganini heç kim bilmaydi. Sababi uning ijodi şunçaki obrazlar yoki şe'riy san'atlarni örganiş orqali yuzaga çiqadigan narsalar emas.
Yuqorida şoir va ijodkorlarning faol emasligi borasida savol berdingiz. Lekin biz ijod qilgan davrlarda faollik faqat şe'r orqali bölardi. Öşa sobiq tuzum davridagi şe'rlarni sinçiklab qarab çiqilsa, ularning hammasida katta isyon mavjudligini körasiz. Şu jumladan, Abduvali Qutbiddin ham şöro davridagi şe'rlarida öz isyonlarini ajoyib obraz va öxşatmalar orqali namoyon etgan.
Masalan, uning 1987 yilda va hali mustabid davrida yozilgan «Şahar» şe'rini olaylik.
Şahar
Arvohlar yaşaydilar bu şaharda
Biri Sulton,
Biri Jallod,
Biri Şoir.
Yana uç-tört Qul
Kallayi sahardan (balki zahardan)
Qizarar osmon.
Tipratikan yaşar bu şaharda
Bir özi.
Minora tagiga kelib yotadi
Har çoşgoh,
Şoirning yuragi taşlanadi,
Yolğiz şoqol yaşar bu şaharda,
Minora tagida uvlar,
Ğingşinadi.
Har oqşom
Şoirning kallasi taşlanadi.
Arvohlar yaşaydilar bu şaharda,
Biri Sulton.
Biri Jallod,
Biri Şoir,
Yana uç-tört Qul.
Hökizday tipratikan yaşar,
Xaçirday şoqol yaşar –
Şaharda…
Şahrixarda…
Şahrinarda…
Öşa vaqtlarda yozayotgan paytingizda sizning qalamingizni ertaga kimdir kuzatişini, bir köz qarab turganligini his qilardingiz.
Adabiy döstlik esa qaçonki insonning yuragi bir xil dardni sezsa, bir muammo bilan oğrisa, bir xil narsadan hayratlansa, bir xil narsadan nafratlansa, umuman, içki dunyosi bir-biriga mos kelsagina paydo böladi.
Intervyuning birinçi qismini töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.