Sammit işida Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Moldova prezidenti Igor Dodon, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti vazifasini bajaruvçisi Talant Mamitov, MDH Ijroiya qömitasi raisi – Ijroçi kotibi Sergey Lebedev va Hamdöstlik Parlamentlararo assambleyasi kengaşi raisi Valentina Matviyenko iştirok etdi.
Kun tartibiga muvofiq MDH doirasidagi köp qirrali hamkorlikning holati va ustuvor yönalişlari körib çiqildi, şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş böyiça birgalikdagi rejalar belgilab olindi.
Şavkat Mirziyoyev öz nutqida Özbekiston şu yil MDHga raislik qilişdek şarafli va mas'uliyatli vazifani ilk bor öz zimmasiga olganini ta'kidladi.
MDHning ulkan salohiyatidan foydalaniş, sa'y-harakatlarni birlaştiriş, özaro işonç va hamkorlikni yanada mustahkamlaş koronavirus pandemiyasi oqibatida kelib çiqqan inqirozdan tez fursatlarda çiqişning maqbul yöllarini topiş uçun xizmat qilişiga işonç bildirildi.
«Özbekiston umumiy muammolarni hal qilişga yangi, nostandart va özaro manfaatli yondaşuvlarni birgalikda işlab çiqiş va amalga oşirişga tayyor», dedi prezident.

Özbekiston MDH doirasidagi hamkorlikning sifat jihatidan yangi bosqiçiga izçil ötiş, şeriklik mexanizmlari va qabul qilingan hujjatlar ijrosi samaradorligini oşiriş tarafdori ekani ta'kidlandi.
Şavkat Mirziyoyev taşkilot doirasidagi köp qirrali hamkorlikni kengaytirişga doir qator takliflarni ilgari surdi.
Xususan, bugungi şaroitda mamlakatlar iqtisodiyotlari, savdo va kooperatsiya aloqalarini jadal sur'atlarda qayta tiklaş ustuvor vazifa ekani ta'kidlandi. Mavjud muammolarga qaramay, Özbekistonning MDHga a'zo boşqa mamlakatlar bilan tovar ayirboşlaşi barqaror ösib borayotgani kuzatilmoqda. Ayrim şeriklar bilan savdo joriy yilda 20 foizdan ziyodga köpaydi.
Hamdöstlik doirasida «yaşil» va soddalaştirilgan yölaklar amaliyotini keng joriy etiş, elektron savdoni rivojlantiriş böyiça yagona platformani işga tuşiriş va «yöl xaritasi»ni qabul qiliş muhimligi qayd etildi.
Davlat rahbari sanoat kooperatsiyasi böyiça kompleks dastur işlab çiqiş zarurligini qayd etdi.




























