«Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantiriş va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoşligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorda belgilanişiça, 2021 yil 1 martdan elektrotexnika tarmoği korxonalariga MB asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oşmagan miqdorda milliy valutada beriladigan kreditlarning 20 milliard sömgaça bölgan qismining oşirilgan foizi MB tomonidan uç yilgaça kompensatsiya qilinadi (5 foizli punktdan köp bölmagan miqdorda).
Hujjat, şuningdek, eksportni rivojlantiriş agentligi tomonidan elektrotexnika sanoatidagi korxonalarni qöllab-quvvatlaş böyiça quyidagi tadbirlarni amalga oşirişni nazarda tutadi:
- 2024 yil 1 yanvargaça elektrotexnika va elektromaişiy mahsulotlarni barça mamlakatlarga eksport qilişda avtomobil, temir yöl va havo transportida taşiş xarajatlarining 50 foizini, biroq mahsulotlar eksport qiymatining (transport xarajatlarisiz) avtomobil transportida 15 foizidan, temir yöl transportida 20 foizidan köp bölmagan miqdorda qoplaşga subsidiyalar taqdim etiladi;
- xorijiy valutadagi şartnoma şartlarini bajariş va yetkazib berilgan tovarlar (işlar, xizmatlar) böyiça kafolat muddatlarini ta'minlaş yuzasidan mahalliy tijorat banklaridan kafolatlar olişda garov ta'minoti sifatida kafolat summasining 50 foizigaça, biroq 3 million AQŞ dollaridan oşmagan miqdorda kafilliklar beriş;
- 2021 yil 1 apreldan 2024 yil 1 yanvargaça elektrotexnika mahsulotlarini sotişdan tuşgan tuşumi miqdori umumiy tuşumning 80 foizidan kam bölmagan elektrotexnika tarmoği korxonalariga foyda soliği va mol-mulk soliği böyiça stavkalar 50 foizga kamaytiriladi.
Qarorga köra, Elektrotexnika sanoatini rivojlantiriş jamğarmasiga 2021 yilning birinçi, ikkinçi va uçinçi çoraklarida teng uluşlarda 75 milliard söm miqdorida mablağ ajratiladi.
Bundan taşqari, 2021 yil 1 oktyabrga qadar elektrotexnika va elektromaişiy mahsulotlarning texnik reglamentlar va xalqaro talablarga muvofiqligini baholaş böyiça zamonaviy sinov laboratoriyasi va sertifikatlaştiriş markazini taşkil etiş işlarini yakunlaş belgilandi.
Samarqand, Toşkent va Farğona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda uç oy muddatda uşbu hududlarda elektrotexnika sanoatiga ixtisoslaştirilgan industrial texnoparklar taşkil qilinadi.










