Davlat statistika qömitasi matbuot xizmati xabariga köra, işlab çiqaradigan (qayta işlaş) sanoatning jami sanoat sektori böyiça yaratilgan qöşilgan qiymat tarkibidagi uluşining 2019 yildagi 69,6 foizga nisbatan 76,5 foizgaça (2018 yilda – 72,0 foiz) ösişi qayd etildi.

Şu bilan birga, joriy davrda sanoatning jami qöşilgan qiymati tarkibida toğ-kon sanoati va oçiq konlarni işlaş tarmoği uluşi 15,2 foizgaça pasaydi (2018 yilda – 23,0 foiz, 2019 yilda – 23,0 foiz).

2020 yil yakunlariga köra, işlab çiqaradigan (qayta işlaş) sanoatning qöşilgan qiymati tarkibida eng katta uluş metallurgiya va metallni qayta işlaş sanoatiga (maşina va uskunalardan taşqari) töğri keldi va 40,5 foizga yetdi.