27 mart kuni, Murad Buildings va NRG jamoalari bayramona kayfiyatda uzoq kutilgan tadbirni o‘tkazishdi, bu sana kompaniyalar tarixiga alohida kun sifatida kiradi. Shu kunning o‘zida ikkita yangi va muhim o‘ringa ega loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Murad Buildings rahbari va NRG kompaniyasining asoschilaridan biri Murod Nazarov ikkita loyihani shaxsan o‘zi ommaga havola qilib, kelgan mehmonlarni qutladi, ular bilan muloqot qilib, barcha qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Tadbir AVALON biznes markazida joylashgan Murad Buildings va NRG kompaniyalarining yangilangan markaziy savdo ofisida bo‘lib o‘tdi. Endi barcha qulayliklarga ega keng va hashamatli savdo ofisida bo‘lajak mijozlar o‘zgacha ehtirom ila kutib olinib, bu yerda har bir mehmon o‘zining juda ardoqli ekanligini his etadi. Bundan tashqari, savdo bo‘limi menejyerlari juda nozik va o‘ta talabchan bo‘lgan mijozlarning talabini ham qondira oladigan tarzda yuqori darajada xizmat ko‘rsatishadi. Bugungi kunda kompaniyalar mijozlar uchun xonadon xarid qilish uchun foydali va qulay takliflarni tayyorlab qo‘yishgan.

Tegishli brendlarni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan tanaffusdan keyin Murad Buildings o‘zining uzoq kutilgan loyihasi – Kislorod O2 klub uyini taqdim etdi. Bu g‘oya loyihaning tanlangan konsepsiyasidan kelib chiqib, suv bo‘yida joylashgan, gullar va daraxtlar bilan bezatilgan chiroyli, qulay va mustahkam uyni o‘zida mujassam etgan. Shuningdek, Kislorod klub uyi misli ko‘rilmagan qulayliklarni taqdim etib, nozik did egalarining talablarini qondirgan holda, shubhasiz yaxshi taassurot qoldirishga qodir. Kislorod klub uyi bu shaharning markazida joylashgan, lekin shu bilan birga shovqin-surondan xoli, tabiat qo‘ynidagi xotirjamlik va sukunat hukm suradigan keng maydondagi barcha qulayliklarga ega yangi hayot tarzidir.











