Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, 2021 yilning yanvar-mart oylarida respublika böyiça 9213ta ajrim holati qayd etilgan. Taqqoslaş uçun, bu körsatkiç 2020 yilning yanvar-mart oylarida 7,8 mingtani taşkil etgan. Körinib turibdiki, respublika böyiça ajrimlar soni joriy yilning dastlabki 3 oyi davomida 15,4 foizga köpaygan.
Şuningdek, 2021 yilning yanvar-mart oylarida respublika böyiça 59 ming 754ta nikoh holati qayd etilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 10 ming 243taga köp.
Yanvar-mart oylarida hududlar kesimida eng köp ajrimlar soni Toşkent şahri (1 331ta), Farğona (999ta), Andijon (995ta) va Toşkent (946ta) viloyatlarida kuzatilgan.
2021 yil yanvar-mart oylarida eng kam nikohdan ajraşiş holatlari Qoraqalpoğiston Respublikasi (288ta), Navoiy (289ta), Sirdaryo (298ta) va Jizzax (337ta) viloyatlarida qayd qilingan.
Ajrimlar oqibatida jamiyatga yetadigan zararlar haqida ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra, ajraşgan ayollarning aksariyatida quyidagi muammolar yuzaga kelgan:
Birinçidan, turar joy muammosi paydo böladi. Bola bilan ota-onasinikida yaşaş qiyin. Ijara narxi esa qimmat. Tölangan aliment bu pulning yarmini ham qoplamaydi.
Ikkinçidan, farzandlar ota mehriga zor bölib ösadi. Sörovnomada qatnaşgan 51 nafar ayolning 44 nafarida jami 70 nafar bola bor va ulardan 99 foizi otasi bilan umuman körişmasligi ma'lum bölgan. Birgina 2019 yilda 31 389ta oila ajraşgani hisobga olinsa, bunday bolalar sonini taxmin qiliş mumkin. Ma'lum bölişiça, erkaklar nafaqat boladan xabar olmaydi, balki turli bahonalar bilan aliment tölamaslikka harakat qiladi.
Uçinçidan, ajraşgan ayollarga jamiyatda notöğri köz bilan qaraladi: intim munosabatlar taklif etiladi, ijaraga qöyişni xohlaşmaydi.
Respondentlar ajrimlarga sobiq turmuş örtoğining rözğor boşqarişda mas'uliyatsizligi, mustaqil fikri yöqligi, oilaga boşqalarning aralaşuvi (qaynana, qaynsingillar), erkakning yomon illatlarga ruju qöygani, oilada ayolga qulday munosabatda bölişlari, xiyonat kabi omillarni sabab qilib keltirgan.
Ma'lumot uçun, 2020 yilda respublikada 28,2 mingta nikohdan ajraliş holati qayd etilgan. Ötgan yil davomida eng köp oilaviy ajrimlar Toşkent şahri, Sirdaryo, Andijon va Toşkent viloyatlarida qayd etilgan. Ta'kidlanişiça, 2020 yilda kuzatilgan jami oilaviy ajrimlarning yarmida er-xotin örtasida farzand bölmagan, ajraşgan oilalarning 29,3 foizida bitta farzand hamda 20,6 foizida ikki va undan ortiq farzand bölgan.
Senatning töqqizinçi yalpi majlisida nikohlanuvçi yoşlarni tibbiy körikdan ötkaziş samaradorligini oşiriş töğrisida Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovi yuborilgani haqida ma'lumot berilgandi.
Şuningdek, 2020 yil 9 dekabr kuni Senat raisi Tanzila Norboyeva boşçiligida oilaviy ajrimlarning oldini oliş, farzand ta'lim-tarbiyasida ota-ona mas'uliyatini oşiriş, aliment tayinlaş va tölaş tizimini takomillaştiriş masalalari tahlil qilingandi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan sözlagan nutqida «Qani edi yurtimizda ajrim degan noxuş holatning özi bölmasa, oilalar parokanda, bolalar tirik yetim bölib, sarson-sargardon bölmasa...», deb yoşlarni turmuş masalasiga jiddiy qaraşga çaqirgan edi.










