Özbekistonda ajrimlar soni ortidan asosiy savol yana kun tartibiga çiqmoqda: muammo oilalar buzilayotganidami yoki oila quriş jarayonining özidami? Mutaxassislar fikriça, ajrimlar – bu köp holatda oldindan yeçilmagan psixologik, tarbiyaviy va munosabatlarga oid muammolar oqibati.
Psixologiya fanlari doktori, professor Xöjageldi Alimovning aytişiça, köpçilik oilalarda nizolar va ruhiy bosim birinçi navbatda bolalar taqdiriga ta’sir qilmoqda. Bunda ajrimning özi emas, unga olib kelgan muhit xavfliroq hisoblanadi.
“Bir sud jarayonida qatnaşdim. Ikkita öğli bor, oila ajraşyapti. Söz beryapti, sözda faqat bir-birini yomonlaş bilan şuğullanyapti. Örtada bolaga heç kim qarayotgani yöq. Eng qiziği, yana u yerda ta’kidlaşyaptiki: katta öğli şu janjallarning içida yaxşigina, normal ösib kelayotgan 13-14 yaşar bola duduq bölib qolibdi. Xudo körsatyapti ularga: “Hoy, bu qilgan işlaring uçun mana bu bola jazosini olyapti, körmayapsizlarmi?” Ularning közi körayotgani yöq. Nega? Çunki ular juda xudbin, faqat özini öylayapti. U bola ertaga stress bilan, norozilik bilan ösadi, turli-tuman ruhiy holatlarning buzilişi bilan ösadi va u ham kelajakda öşa oilaning buzilişiga sabab böladigan bir muhitda oila quradi”, deydi professor.
Alimovning ta’kidlaşiça, muammoni ajrim paytida emas, oila qurilişidan oldin hal qiliş kerak.
“Yangi oila qurayotgan yoşlarni psixologik körikdan ötkaziş kerak. Masalan, ikkita xolerikning bir oilada yaşaşi. Ikkalasi ham janjalkaş. Oldindan prognoz qiliş mumkinki, bu oilada, albatta, janjal köp böladi. Endi sodda qilib aytyapman, bu ança murakkabroq. Psixolog öşalarni aniqlasin, körsin va ularga oldindan prognoz bersin: “Mana, sizlarning oilalaringda mana şunday muammolar çiqadi. Ikkalang ham xolerik ekansizlar, ikkalang ham janjalkaş, salga sakrab ketar ekansizlar”, deb körsatişi kerak. Yangi oila barpo bölişidan oldin bu jarayonni yölga qöyiş kerak”, deydi Alimov.
Mutaxassislar fikriça, hozirgi kunda nikohdan oldingi tayyorgarlik kurslari formal tusda qolmoqda. Yoşlar esa bu mavzularni jiddiy qabul qilmayapti.
“FHDYo organlarida oilaga tayyorgarlik kurslari taşkil qilingan. Lekin bormaydi öşa yoşlar, barmoq orasidan qaraşadi. Çunki bu kurslar mexanizmlari, tomonlari mustahkam işlab çiqilmagani uçun ommalaşmayapti. Bu qonun bilan juda jiddiy qilinişi kerak. Hozir tibbiy körikdan ötiş qonun kuçiga kirgan va ötmasdan turib nikohdan öta olmaydi. Maktablarda psixolog ştatlari bor, lekin ular ham qoğozda işlaydi. Şularga ham yönaltirilgan topşiriqlar berilsa, masalan, öşa yuqori sinflarda öqiydiganlar bilan individual işlaş. Öşa bolalar bilsin özi xolerikmi, melanxolikmi, flegmatikmi? Keyin u öşani bilib, ya’ni senga mana bunaqasi töğri keladi, ertaga oila qurişingda şuni ahamiyatga olib yur, degan tavsiyalar berilsa, hozirgi yoşlarimiz bunaqa narsalarni rosa yaxşi eslab qoladi va ertaga hayotida şuni qöllaydi”, deydi huquqşunos Iroda Qahhorova.
Suhbat davomida mutaxassislar ajrimlar bilan kuraşiş faqat yaraştiriş muddatini uzaytiriş yoki sud jarayonlarini qiyinlaştiriş bilan hal bölmasligini ta’kidladi. Ularning fikriça, asosiy e’tibor oila qurişdan oldingi psixologik tayyorgarlik, munosabat madaniyati va yoşlarning ruhiy savodxonligini oşirişga qaratilişi kerak.











