2025 yilda Özbekistonda fuqarolik işlari böyiça sudlar tomonidan 649 652 ta iş körib çiqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, ötgan yilda fuqarolik işlari böyiça sudlar tomonidan 10,8 trln sömdan ziyod majburiy tölovlar undiriş haqida 1 519 814 ta sud buyruği çiqarilgan. Sudlarda 649 652 ta fuqarolik işi körib çiqilib, ularning 506 135 tasi böyiça talablar qanoatlantirilgan. Işlarning 76 138 tasi böyiça talablar qanoatlantirişdan rad etilgan, 60 373 tasi böyiça da’volar körmasdan qoldirilgan hamda 7 006 tasi böyiça işni yuritiş tugatilgan.

Eng köp fuqarolik nizolari Toşkent şahar, Toşkent, Farğona, Samarqand va Andijon viloyatlarida körildi.

Körib tamomlangan fuqarolik işlaridan 206 399 tasi bitimlar, 70 535 tasi nikohdan ajratiş, 26 960 tasi uy-joy munosabatlari, 19 914 tasi alohida toifadagi işlar, 12 982 tasi özboşimçalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buziş bilan boğliq va boşqa toifadagi işlarni taşkil qilgan.

Qayd etilişiça, nikohdan ajratişga oid körilgan işlarning 37 544 tasi böyiça da’vo talablari qanoatlantirilgan. Ya’ni şunça oila ajraşgan. 24 244 tasi böyiça da’vo talablarini qanoatlantiriş rad etilgan, 6 239 tasi körmasdan qoldirilgan va 2 508 ta da’vo böyiça işni yuritiş tugatilgan.

Uşbu raqamlar 2024 yilga nisbatan oşgan: 2024 yilda nikohdan ajratişga oid 63 843 ta iş körilib, şundan 32 217 tasida da’vo talablari qanoatlantirilgandi.

Şuningdek, 2025 yilda viloyat va unga tenglaştirilgan sudlarning fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’atlari tomonidan apellyatsiya tartibida 12 956 ta, kassatsiya tartibida 8 457 ta va taftiş tartibida 5 670 ta iş körib çiqilgan. Ularda birinçi instansiya sudlari tomonidan çiqarilgan 4 462 ta qaror bekor qilinib, 1626 ta sud qarori özgartirilgan. Oliy sudning fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’ati tomonidan esa taftiş tartibida 363 ta iş körilib, quyi sudlar tomonidan çiqarilgan 53 ta sud qarori özgartirilgan va 171 ta qaror bekor qilingan.