Kun.uz muxbiri xabariga köra, prezident öz nutqini ayollarni tabriklaşdan boşladi va şunday dedi:

“Joriy yilda turmuş şaroiti oğir bölgan ayollar hamda yolğiz onasi qaramoğida ösgan qizlarni uy-joy bilan ta'minlaş maqsadida budjetdan 200 mlrd sömdan ortiq mablağ ajratiladi.

Boşpanasi bölmagan ayollarni ijara asosida “ijtimoiy uy-joylar” bilan ta'minlaş uçun yana 211 milliard söm yönaltiramiz. Bundan taşqari, boquvçisini yöqotgan hamda özgalar parvarişiga muhtoj xotin-qizlarga moddiy yordam beriş va malakali tibbiy yordamga muhtoj ayollarni davolaşga qöşimça 110 milliard söm beriladi.

Şu bilan birga, ayollar bandligini ta'minlaş, ularni kasb-hunarga öqitiş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş uçun budjetdan qöşimça 600 milliard söm ajratiladi.

Yana bir muhim masala. Keyingi paytda oilaviy ajrimlarning oldini oliş böyiça samarali iş olib borilmoqda. Buni ajraliş yoqasiga kelib qolgan, 23 mingga yaqin oila yaraştirilgani, ajrimlar soni 3 mingdan ziyodga kamaygani ham körsatib turibdi.
 
Lekin aççiq bir haqiqatni tan olişimiz kerak. Bu raqamlar hamon yuqori bölib qolmoqda. Ötgan yili 28 mingdan ziyod oila ajralib ketgani ham fikrimizni tasdiqlaydi. Albatta, barçamizning istagimiz, tilagimiz bitta: qani edi, yurtimizda ajrim degan noxuş holatning özi bölmasa, oilalar parokanda, bolalar tirik yetim bölib, sarson-sargardon bölmasa... Men bir fikrni qayta-qayta aytişdan çarçamayman. Oila – bu mehr va baxt qörğoni. Oila bor ekan, farzand degan bebaho ne'mat bor, insoniy qadr-qimmat va ma'naviyat bor. Oilaviy baxt bu – eng uluğ saodatdir. 

Men yigit-qizlarimizga murojaat qilib aytmoqçiman: turmuş qurişga, oilaga, farzand taqdiriga nihoyatda çuqur mas'uliyat bilan qarang. Bu masalaga yuzaki yondaşib, ham özingiz, ham özga bir inson hayotini xavf ostiga qöymang. Men bu borada köpni körgan mahalla faollari, muhtaram kayvonilar, ma'naviyatimiz va dinimiz fidoyilari, öz tengdoşlariga ibrat bölib kelayotgan yoşlarimiz bir yoqadan boş çiqarib harakat qiladilar, deb işonaman” – dedi davlat rahbari.